Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an kelasi hafta Ko‘rfaz bo‘ylab uyushtirilgan uch kunlik safari doirasida 21 - 23 - oktabr kunlari Quvayt, Qatar va Ummonda bo‘lib qaytishini ma’lum qildi.
Yuqorida nomi tilga olingan boshqarma boshlig‘i Burhanettin Duranning aytishicha Ko‘rfazdagi uch davlat rahbarining taklifiga binoan amalga oshirilayotgan mazkur tashriflarda siyosiy, iqtisodiy va mudofaa sohalaridagi hamkorlikni kuchaytirish hamda muhim mintaqaviy va xalqaro masalalar ustidan ikki tomonli aloqalarni mustahkamlash rejalashtirilgan.
Duran «X» platformasi orqali bergan bayonotida Erdo‘g‘an mazkur tashriflari chog‘ida savdo, sarmoya va energiya hamkorliklarini kengaytirishni ko‘zlagan turli shartnomalar imzolashi mumkinligini ifoda etdi.
Nomi tilga olingan safar Anqaraning yirik iqtisodiy kelishuvlar va strategik muloqotlar bilan yakunlangan yaqinlashuv davridan keyin Ko‘rfaz arab davlatlari bilan bo‘lgan aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan sa’y - harakatlarini ta’kidlaydi.
Prezidentning tashriflari, shuningdek, Turkiyaning Yaqin Sharqda davom etayotgan mojarolar va oʻzgaruvchan ittifoqlar sharoitida asosiy vositachi va mintaqaviy kuch sifatidagi mavqeini mustahkamlash saʼy - harakatlarining bir qismi sifatida baholanmoqda. Erdo‘g‘an, Ko‘rfaz arab davlatlariga oxirgi marta 2023 - yilning iyul oyida tashrif uyushtirgandi.











