Pokhara shahridan Kathmanduga yo‘l olgan yo‘lovchi avtobusi Dhading tumani hududida Tishuli daryosiga qulab tushishi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi, 24 kishi esa jarohat oldi.
Nepal Qurolli Politsiya kuchlari ma’lumotiga ko‘ra yo‘l - transport hodisasi yakshanba kuni soat 19:45 da (GMT) sodir bo‘lgan.
Politsiya kuchlari Matbuot xizmati kotibi Bishnu Prasad Bhatta barcha xavfsizlik tuzilmalari nomidan ko‘plab xodim qutqaruv ishlarini davom ettirayotganini bildirdi.
Qutqaruv guruhlari halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlashga harakat qilmoqda, jarohatlangan yo‘lovchilar esa yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilmoqda.
Hodisa sababi hozircha aniqlanmagan.
Tog‘li mamlakat bo‘lgan Nepalda infratuzilmaning yetarli emasligi, eskirgan transport vositalari va murakkab yo‘l sharoiti yuzasidan yo‘l - transport hodisalari tez - tez uchrab turadi.















