SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Navbatdagi NATO sammiti Albaniyada bo‘lib o‘tadi
AQSH NATO sammitlarini ikki yilda bir marta o‘tkazishni taklif qilmoqda.
Navbatdagi NATO sammiti Albaniyada bo‘lib o‘tadi
NATO / Reuters (Wire)

Xalqaro ommaviy axborot vositalarida NATO sammitlari va uchrashuvlari sonining qisqartirilishi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan NATO rasmiysi: «Navbatdagi NATO sammiti Albaniyada bo‘lib o‘tadi, biroq sammit sanasi hozircha belgilanmagan», — deya ma’lumot berdi.

Albaniya Bosh vaziri Edi Rama esa navbatdagi sammit Tiranada o‘tkazilishi mumkinligini, uning sanasi esa 2027-yilda emas, balki 2028-yilda bo‘lishi ehtimoliga ishora qildi.

2025-yil 25-iyun kuni Gaagada bo‘lib o‘tgan NATO sammitining yakuniy bayonotida 2026-yilda Turkiyada o‘tkaziladigan uchrashuvdan so‘ng yetakchilar Albaniyada yig‘ilishga kelishib olgani qayd etilgan, biroq aniq sana ko‘rsatilmagan edi.

NATOning rasmiy bayonotiga ko‘ra, sammitlar Alyansning siyosiy va xavfsizlik ehtiyojlaridan kelib chiqib, Shimoliy Atlantika Kengashi qarori bilan o‘tkazilsa-da, so‘nggi 10 yil ichida COVID-19 cheklovlari joriy etilgan 2020-yildan tashqari, NATO yetakchilari har yili ittifoqchi davlatlarning turli poytaxtlarida uchrashib kelgan.

Boshqa tomondan, diplomatik manbalar AQSH ma’muriyati NATO yetakchilari sammitlarini har yili o‘tkazish amaliyotiga barham berib, uchrashuvlarni ikki yilda bir marta tashkil etishni istayotganini hamda Alyans doirasida shu yo‘nalishda tashabbuslar ilgari surayotganini ta’kidlamoqda.