Italiya G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazib berishga uringan va Isroilning shubhali hujumlariga maruz qolgan xalqaro yordam flotini qo‘llab - quvvatlash maqsadida shu bilan ikkinchi marotaba harbiy kema yubordi. Mavzu haqida bugun (25.09.2025) Italiya Mudofaa vaziri Guido Crosetto bayonot berdi.
Sumud floti Isroilning G‘azodagi dengiz blokadasini buzishni istagan 50 ga yaqin harbiy bo‘lmagan qayiqlardan iboratdir. Ushbu qayiqlarda ko‘plab huquqshunoslar, faollar, jumladan shved iqlim faoli Greta Tunberg ham bor.
Parlament quyi palatasida so‘zga chiqqan Crosetto mavzu haqida: "Biz bir kema jo‘natdik, ikkinchisi esa yo‘lda. Har qanday sharoitga tayyormiz”, - dedi.
Italiya birinchi kemani kecha ya’ni chorshanba kuni yubordi. Bir necha soat oldin Gretsiyaning Gavdos orolidan 30 dengiz mili (56 km) uzoqlikdagi xalqaro suvlarda insonsiz havo transportlari tomonidan nishonga olinganliklari va shovqinli granatalar bilan qichishtiruvchi kukun ishlatilgani haqida xabar bergandi. Filo hujumda Isroilni mas’ul deb topdi.
Isroil blokadasini buzishga urinish harakati
Isroil Tashqi Ishlar vazirligi bu ayblovga to‘g‘ridan - to‘g‘ri javob bermadi.
Ispaniya ham flotni himoya qilish uchun harbiy kema yuborish haqida qaror qabul qildi.
Crosetto faollarni Isroil blokadasini buzish borasida oyoq tiramaslik ustidan ogohlantirdi va insonparvarlik yordami yetkazib berishlari, ularning G‘azoga mahalliy katolik cherkovi tomonidan tarqatilishiga ruxsat berilishi uchun Italiyaning taklifini qabul qilishga chaqirdi.
Crosetto: “Yurtdoshlarimiz boshqa mamlakatlarning hududiy suvlariga kirgudek bo‘lsa unda ular xavfsizligini ta’minlay olmaymiz”, - dedi.
Xalqaro Sumud floti bugun ertalab bergan bayonotida kemalar Gretsiya hududiy suvlarida past tezlikda harakat qilgani, kechasi bilan o‘rtacha saviyada insonsiz havo vositalari faoliyatlariga maruz qolgani va bugun kechroq xalqaro suvlar tomon harakat qilishini bildirdi.











