TURKIYA
2 daqiqa o'qish
NATO Parlamenter sammiti Istanbulda o‘tkaziladi
Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush, 28 - 29 iyunda Istanbulda bo‘lib o‘tadigan NATO Parlamentlar Assambleyasi sammitiga mezbonlik qiladi.
NATO Parlamenter sammiti Istanbulda o‘tkaziladi
_

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) Matbuot xizmati tomonidan berilgan bayonotga kora Anqarada 7 – 8-iyul kunlari bolib otadigan NATO Davlat va hukumat rahbarlari sammiti arafasida NATO tarkibidagi davlatlarning parlament raislari va delegatsiyalari Istanbulda yig‘iladi.

Istanbuldagi sammitda 32 ittifoqchi davlatning parlament raislari va delegatsiya rahbarlari bilan bir qatorda NATO Parlament Assambleyasi (NATO PA) rahbari Markos Perestrello, NATO PA Byurosi a’zolari hamda boshqa yuqori martabali vakillarning ishtirok etishi kutilmoqda.

NATO PA tomonidan 2024 - yildan boshlab mezbon davlatlar bilan hamkorlikda tashkil etila boshlagan ushbu sammit NATO Liderlar sammiti oldidan parlamentlar darajasida maslahatlashuv va fikr almashish imkonini beruvchi muhim platforma hisoblanadi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi ittifoqchi davlatlar ortasida parlamentlararo muvofiqlashtirish va muloqotni yana - da mustahkamlashdan iborat.

Istanbuldagi NATO Parlament sammiti AQSh va Belgiyada otkazilgan sammitlardan keyingi uchinchi sammitdir.

Prezident Erdog‘an ishtirokchilar bilan uchrashishi kutilmoqda

NATO Parlament raislari sammiti 29 - iyun, dushanba kuni Istanbuldagi Dolmabaxche saroyida bolib otadi. Unda parlament raislari va delegatsiya rahbarlari nutq sozlaydi.

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoganning sammit doirasida tashkil etiladigan rasmiy tushlik marosimida ishtirokchilar bilan uchrashishi va nutq sozlashi kutilmoqda.

Sammit dasturi doirasida shu kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar uchun Baykar Milliy Texnologiya Markaziga amaliy tashrif uyushtiriladi. Tashrif davomida kompaniya faoliyati, mudofaa texnologiyalari sohasidagi ishlari hamda innovatsion loyihalari haqida ma’lumot berilishi rejalashtirilgan.