Suriya davlat ommaviy axborot vositalariga ko‘ra Isroil armiyasi mamlakat mustaqilligini ko‘rmaslikka olishni davom ettirib, janubdagi Qunaytra mintaqasida joylashgan Sayda al - Hanot qishlog‘iga qarshi quruqlik orqali yana amaliyot uyushtirdi.
Suriya Arab Xabar Agentligi (SANA) bugun (05.12.2025) mavzu haqida bergan xabarda: «Uchta Humvee, ikki dona oq yuk tashuvchi mashina va bitta qora minibus — jami oltita Isroil harbiy vositasi qishloq tomon harakat qildi», - dedi.
Payshanba kuni (04.12.2025) uchta mashinadan iborat bo‘lgan Isroil patruli Qunaytraning shimolida joylashgan Samdaniya ash - Sharkiya va al - Ayraf shaharchalari tomon yol oldi.
Isroil kuchlari aholi yashaydigan qishloqlar oralig‘ida vayron bo‘lgan suv rezervuar yaqinida vaqtincha harbiy nazorat punkti tashkil qilgan.
Shuningdek, Isroil artilleriyasi, Suriyaning janubi - g‘arbidagi Dera viloyatining g‘arbida joylashgan Ko‘ya shaharchasi atrofiga o‘q uzgan.
Voqea natijasida halok bo‘lgan yoki jabr ko‘rganlar bor - yo‘qligi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Isroil armiyasi yoki suriyalik rasmiylardan bu masalaga oid hali biror bayonot berilmagan.
Suriya hukumatining ma’lumotlariga ko‘ra 2024 - yilning dekabr oyidan beri Isroil Suriyaga qarshi 1 000 marotabadan ortiq havo hujumi uyushtirgan va janubiy viloyatlarda 400 dan ortiq amaliyot uyushtirgan.
2024 - yil oxirida Bashar al - Asad rejimi qulagach, Isroil 1974 - yili imzolangan Kuchlarni Ajratish Bitimini buzib, harbiylardan holi tampon zonani egallab oldi. Shuningdek, Suriyaga tegishli G‘olan tepaliklari ustidan nazoratini kengaytirdi.








