DUNYO
1 daqiqa o'qish
Isroil hujumlari Pokistonning havo sifatini yomonlashtirishi mumkin
Pokiston, Isroil tomonidan Erondagi neft sohalariga qarshi uyushtirilgan havo hujumlari natijasida yuzaga kelgan ifloslanish mamlakatning havo sifatini yomonlashtirishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Isroil hujumlari Pokistonning havo sifatini yomonlashtirishi mumkin
_
3 соат олдин

Pokistonning rasmiy meteorologiya agentligi, Isroil tomonidan Erondagi neft sohalariga qarshi yaqinda uyushtirilgan havo hujumlari natijasida yuzaga kelgan ifloslanish mamlakatning g‘arbiy hududlarida havo sifatini yomonlashtirishi mumkinligi borasida ogohlantirdi.

Pokiston meteorologiya agentligi (PMD) mavzu haqidagi bayonotida, «Erondagi oxirgi vaziyat yuzasidan shamollar ifloslantiruvchi moddalarni tashishi va mamlakatning g‘arbiy hududlarida havo sifatini yomonlashtirishi mumkin», - dedi.

Isroilning harbiy samolyotlari shanba kuni (07.03.2026) Eron poytaxti Tehrondagi neft omborlari va rafinariya inshootlariga zarba berdi.

Bu zarbalar Isroilning joriy yilning 28 - fevrali kuni AQSh bilan birgalikda Pokistonning g‘arbiy qo‘shnisi Eronga qarshi boshlatgan keng ko‘lamli hujumlardan keyin bunday nuqtalarni nishonga olganini bildiradi.

Eronlik rasmiylariga ko‘ra AQSh - Isroil qo‘shma hujumida hozirgacha 1 ming 200 nafardan ortiq inson jon berdi. Ular orasida Eronning oliy darajali diniy lideri Ali Hamaney ham bor edi. Halok bo‘lganlardan tashqari 10 ming nafardan ortiq inson tan jarohati oldi.

Tehron esa unga javob tariqasida raketa va insonsiz havo transportlari orqali AQShning harbiy o‘rni bor Isroil, Iroq, Iordaniya va Ko‘rfaz davlatlarini nishonga olgan hujumlar uyushtirdi.