SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Xitoy islom mamlakatlarini xavfsizlik masalasida hamkorlik qilishga chaqirdi
Xitoy Tashqi Ishlar vaziri mintaqadagi to‘qnashuvlarni muhokama qilish uchun islom mamlakatlarini xavfsizlik masalalarida hamkorlik qilishga chaqirdi.
Xitoy islom mamlakatlarini xavfsizlik masalasida hamkorlik qilishga chaqirdi
_
28 январ 2026

Xitoy Tashqi Ishlar vaziri Van I Pekin bilan Islom mamlakatlari mintaqadagi asosiy muammolarga siyosiy yechimlar topish uchun xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik o‘rnatishi zarur ekanini qayd etdi.

Van dushanba kuni (26.01.2026), Pekin, rivojlanayotgan mamlakatlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda jahon tartibining o‘rmon qonuniga aylanishiga qarshi turish uchun islom mamlakatlari bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Xitoy Tashqi Ishlar vazirligining rasmiy bayonotiga ko‘ra Van I bu fikrlarni Pekinda Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Hissein Brahim Taha bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida bildirgan.

Van Pekin islom mamlakatlari va IHT bilan munosabatlarni rivojlantirishga har doim strategik ahamiyat bergani, shuningdek Tayvan masalasida ko‘rsatilayotgan qat’iy qo‘llab - quvvatlash uchun minnatdor ekanini ta’kidladi.

Xitoy Tashqi Ishlar vaziri IHT Bosh kotibiga murojaat qilib shunday dedi: «Ikki tomon mintaqaviy keskin nuqtalardagi muammolarga siyosiy yechimlar topish uchun xavfsizlik bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi, kuch siyosati va zo‘ravonlikka qarshi chiqishi hamda Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikni saqlashi lozim».

Yuqori sifatli «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusi doirasidagi hamkorlikni ta’kidlagan va taraqqiyot strategiyalarini uyg‘unlashtirish zarurligini qayd etgan Van; ikki tomon sivilizatsiyalararo muloqotni mustahkamlash, boshqaruv tajribasi almashinuvini rivojlantirish hamda ayrim sivilizatsiyalarning ustunligi nazariyasiga qarshi birgalikda turish uchun sivilizatsiyalar hamkorligini yo‘lga qo‘yishi kerakligini qayd etdi.

«Haqiqiy» ko‘p tomonlama hamkorlik

Van, shuningdek, tomonlarni «haqiqiy» ko‘p tomonlama hamkorlikni amalga oshirishga; Birlashgan Millatlar Tashkilotining markaziy roli va xalqaro munosabatlarning asosiy me’yorlarini himoya qilish hamda yanada adolatli va muvozanatli global boshqaruv tizimini barpo etishga hissa qo‘shishga chaqirdi.

Van IHT islom dunyosidagi eng yirik hukumatlararo tashkilot ekani hamda u, islom mamlakatlari birligi va mustaqilligining muhim ramzi ekanini ta’kidladi.

Bayonotga ko‘ra, Taha esa Islom Hamkorlik Tashkiloti Xitoyning ichki ishlariga tashqi aralashuvlarga qarshi ekani; Xitoy bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, mintaqaviy tinchlik, barqarorlik va farovonlikni birgalikda saqlashga tayyor ekanini bildirdi.

Taha Xitoyning Falastin masalasini keng ko‘lamli, doimiy va adolatli yechimga olib borish yo‘lidagi samarali hissasini yuqori baholab, Xitoy bu borada yanada katta rol o‘ynashidan umidvor ekanini bildirdi.

Xitoy Davlat raisining o‘rinbosari Han Chjen ham Hissein Brahim Taha bilan uchrashdi.

Han IHT Xitoyning islom mamlakatlari bilan munosabatlarini rivojlantirishda muhim ko‘prik vazifasini o‘tayotganini ta’kidladi.