DUNYO
1 daqiqa o'qish
Belchikada sinagog binosida portlash yuz berdi
Belchikaning sharqiy qismida joylashgan Lij (Liège) shahrida yahudiylar ibodatxonasi bo‘lmish sinagogda kuchli portlash sodir bo‘ldi.
Belchikada sinagog binosida portlash yuz berdi
Portlash sinagoga oldida taxminan tonggi soat 4:00 da (GMT 03:00) sodir boʻldi. / Reuters
2 соат олдин

Belchikaning sharqiy qismida joylashgan Lij (Liège) shahrida yahudiylar ibodatxonasi bo‘lmish sinagogda kuchli portlash sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida bino jiddiy talofat ko‘rgan bo‘lsa-da, baxtli tasodif tufayli hech kim jarohat olmadi.

Mahalliy hukumat vakillari portlash sabablarini sinchiklab o‘rganmoqda. Dushanba kuni sahar vaqtida  soat 04:00 (Turkiya vaqti bilan 06:00) atrofida yuz bergan ushbu portlash ibodatxona binosiga sezilarli ziyon yetkazgan. Lij politsiyasi so‘zchisining rasmiy bayonotiga ko‘ra, voqea joyida o‘lim holatlari qayd etilmagan, faqatgina moddiy zarar ko‘rilgan.

Portlash kuchi shunchalik yuqori bo‘lganki, sinagog qarshisida joylashgan uylarning ham deraza oynalari sinib ketgan. Fransuz tilida faoliyat yurituvchi RTBF teleradiokompaniyasi xabar berishicha, voqea sodir bo‘lgan hudud politsiya tomonidan o‘rab olingan va xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Hozirda federal politsiya xodimlarining voqea joyiga yetib kelishi va portlovchi moddalar turini aniqlashi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, ushbu sinagog 1899-yilda bunyod etilgan bo‘lib, u nafaqat ibodat maskani, balki Lij shahridagi yahudiy jamoasining boy tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi muzey sifatida ham xizmat qilib keladi. Mazkur hujumning sababi va ortida kimlar turgani hozircha noma’lumligicha qolmoqda.