Belgiyada joylashgan Florennes havo bazasida o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etgan Turk yulduzlari NF-5 Freedom Fighter samolyotlari orqali taxminan 45 daqiqalik parvozi bilan tadbirdagi eng uzoq havoda qolgan jamoasi bo‘ldi.
Turk yulduzlari tomonidan jami 7 ta samolyot orqali amalga oshiirlgan namoyish davomida ingliz, fransuz, flamancha va turk tillarida taqdimotlar o‘tkazildi.
Turk yulduzlari akrobatik parvozi tadbirga kelgan minglab tomoshabin tomonidan katta e'tirofga sazovor bo‘ldi; namoyishdan so‘ng uchuvchilar turk va xorijiy tashrifchilar bilan uchrashdilar.
Tadbirni Turkiyaning Bryusseldagi elchisi Barish Tantekin, Bryussel Bosh konsuli O‘nur Sevim va belgiyalik harbiy vakillar ham kuzatdi.
Issiq havo sharoitiga qaramay mukammal namoyish
Dastur oxirida Turk yulduzlari jamoasi tomonidan elchi Tantekin, bosh konsul Sevim va tadbirda xizmat qilgan harbiy komandirlarga Turk yulduzlari imzolagan foto sovg‘a qilindi.
Tantekin Turkiya va Belgiya do‘st va ittifoqchi ikki mamlakat ekanini ta'kidlar ekan, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari kuchli tarzda davom etayotganini bildirdi.
O‘tgan oy Belgiya malikasi Mathilde boshchiligidagi Iqtisodiy missiya guruhi Turkiyada bo‘lib qaytganini yodga solgan Tantekin qayta tiklanadigan energiyadan mudofaa sanoatiga, ulanishdan raqamli transformatsiyagacha ko‘plab sohalarda hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilinganini ifoda etdi.
Turk Havo kuchlarining imkoniyat va qobiliyatlarini belgiyalik do‘st va ittifoqchilarga joyida namoyish qilishdan mamnun ekanliklarini bildirgan Tantekin, namoyish ortida uchuvchilar bilan birga texniklar, amaliyot va logistika rejalashtiruvchilari boshchiligida katta jamoa turganini ta'kidladi.
Tantekin issiq havo sharoitiga qaramay mukammal namoyish amalga oshirgan Turk yulduzlari jamoasiga rahmat aytar ekan, Belgiyada yashovchi taxminan 300 ming nafar turk fuqarosi ham namoyishdan faxrlanishini bildirdi.
Turk yulduzlarining Turkiya va oy - yulduzli bayrog‘ini eng yaxshi va munosib tarzda ifoda etishini qayd etgan Tantekin, tadbirga hissasi qo‘shilgan hammaga minnatdorchilik bildirdi.
Turk yulduzlaridan faxr xabari
Turk yulduzlari Flot komandiri podpolkovnik Kurshat Ko‘mur ham namoyishdan so‘ng bergan bayonotida Belgiyada ekanliklaridan mamnun ekanliklarini bildirdi.
Belgiya Havo kuchlarining tashkil topganlik yilligi tadbirlari doirasida namoyish parvozi o‘tkazganliklarini ifoda etgan Ko‘mur: «Turk xalqi va turk bayrog‘ini Belgiyada vakillik qilishdan xursandmiz. Bu yerda chiroyli namoyish qildik. Vatanimiz nomidan ishtirok etayotganimizdan faxrlanamiz» - dedi.
Ko‘mur, Turk yulduzlarining xorijdagi namoyishlarda Turkiyani eng yaxshi yoki munosib tarzda vakillik qilishni maqsad qilganini bildirdi.


















