DUNYO
2 daqiqa o'qish
Zelenskiy: AQSh Ukraina–Rossiya urushining iyun oyigacha tugashini istayapti
Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy, Vashington va Moskva o‘rtasida Ukrainasiz tuziladigan har qanday kelishuvga yo‘l qo‘yilmasligini qat’iy ta’kidladi.
Zelenskiy: AQSh Ukraina–Rossiya urushining iyun oyigacha tugashini istayapti
BAA AQSh, Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi uch tomonlama muzokaralarga mezbonlik qildi. / Reuters
9 соат олдин

Ukraina yetakchisi Volodimir Zelenskiy shanba kuni bergan bayonotida, AQSh Ukraina va Rossiyadan urushni iyun oyigacha yakunlashni so‘raganini hamda kelasi haftada ikki tomon o‘rtasidagi muzokaralarga mezbonlik qilishni taklif etganini ma’lum qildi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati qariyb to‘rt yildan beri davom etayotgan nizoni to‘xtatish uchun Moskva va Kiyevga bosim o‘tkazmoqda. Yaqinda Abu-Dabida ikki tomon o‘rtasidagi uchrashuvlarga vositachilik qilingan bo‘lsa-da, hozircha hududiy masalalarda murosaga kelishilmagan.

Hududiy talablar va xavfsizlik kafolati

Ukraina hududining taxminan 20 foizini ishg‘ol qilgan Rossiya, kelishuvning bir qismi sifatida qo‘shni davlatning sharqiy qismidagi Donetsk viloyati ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishni talab qilmoqda. Biroq, Ukraina Rossiyani qayta bosqinchilik harakatlaridan to‘xtata olmaydigan hech qanday hujjatga qo‘l qo‘ymasligini bildirmoqda.

Zelenskiy shanba kuni ertalab qilgan murojaatida shunday dedi:

"Amerika Qo‘shma Shtatlari birinchi marta Ukraina va Rossiya muzokaralar guruhlarining bir hafta ichida, ehtimol, AQShning Mayami shahrida uchrashishini taklif qildi. Ular iyun oyigacha hamma narsani hal qilishni xohlashlarini aytishmoqda."

Muzokaralardagi umidsizlik va yadroviy xavfsizlik

Zelenskiy o‘z mamlakatidan Rossiyaga nisbatan nomutanosib ravishda yon berish so‘ralayotganidan bir necha bor norozilik bildirdi. Ukraina rahbari, ayniqsa davlat suverenitetiga daxldor masalalarda, Vashington va Moskva Kiyevning ortidan kelishuvlar tuzishiga toqat qilmasligini aytdi.

Shuningdek, tomonlar 2022-yildan beri Moskva nazoratida bo‘lgan Zaporojye atom elektr stansiyasi ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha ham "umumiy tushuncha"ga erisha olmagan.

Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) shanba kuni bergan ma’lumotiga ko‘ra, harbiy harakatlar natijasida elektr podstansiyalari zarar ko‘rgan va ba’zi elektr uzatish liniyalari uzilgan. Shu sababli, Ukraina atom elektr stansiyalari ishlab chiqarish quvvatini kamaytirishga majbur bo‘lgan.