Kreml Matbuot xizmati kotibi Dmitriy Peskov poytaxt Moskva shahrida jurnalistlar bilan uchrashuvda Ukrainadagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi.
Putinning Fransiyada uyushtirilgan G - 7 sammitiga taklif etilib - etilmagani haqidagi savolga javoban Peskov: «Albatta, unga taklif yuborilmadi», — dedi.
Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin tomonidan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha bir necha bor taklif ilgari surilganini yodga solgan Peskov: «Agar Zelenskiy mas’uliyatli va jiddiy muloqotga tayyor bo‘lsa hamda Kiyev rejimi gap nima haqida ketayotganini yaxshi tushunsa, u istalgan vaqtda Moskvaga kelishi mumkin. U yerda uni qabul qilishga tayyormiz», — dedi.
Moskva bilan Kiyev o‘rtasida rasmiy aloqa kanallari bor yoki yo‘qligi haqidagi savolga esa Peskov: «Moskva bilan Kiyev o‘rtasida rasmiy aloqa kanallari yo‘q», — degan so‘zlar bilan javob berdi.
Peskov AQSh Prezidenti Donald Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Vitkoff hamda uning kuyovi Jared Kushnerning Rossiyaga ehtimoliy tashrifi masalasiga ham to‘xtaldi. Uning qayd etishicha, mazkur tashrif bo‘yicha hozircha aniq sana belgilanmagan.














