Isroil armiyasi 2025 - yilning oktabr oyida erishilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay G‘azo sektorining turli hududlariga qarshi hujum uyushtirishni davom ettirmoqda.
Tibbiy manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra Isroil armiyasining G‘azo sektorining shimolidagi G‘azo shahridagi politsiya punktiga qarshi uyushtirgan havo hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 9 nafarga yetdi, 15 kishi yaralandi.
AQSh Prezidenti Donald Tramp Isroildan G‘azo sektoriga qarshi hujumlarni to‘xtatishni so‘raganiga qaramay, Isroil armiyasi hujumlarini davom ettirmoqda. Isroil armiyasi avvalgi oqshom ham G‘azo shahridagi kafeni insonsiz havo transportlari (IHT) yordamida nishonga olgan va hujum oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan edi.

















