TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Burxaneddin Duran AQSh - Eron kelishuviga to‘xtaldi
Burxaneddin Duran AQSh bilan Eron o‘rtasida erishilgan tinchlik kelishuviga to‘xtalar ekan, uni, mamnuniyat bilan qarshi olishini bildirdi.
Burxaneddin Duran AQSh - Eron kelishuviga to‘xtaldi
_

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi rahbari Burxaneddin Duran ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali bergan bayonotida:

“Mintaqamizdagi keskinlikning bartaraf etilishi va barqarorlikning qayta tiklanishi nuqtai nazaridan AQSh bilan Eron ortasida erishilgan kelishuvni mamnuniyat bilan qarshi olamiz. Ushbu bitim nafaqat mavjud inqirozning yakunlanishi, balki uzoq muddatli tinchlikning qaror topishiga ham xizmat qilishidan umidvormiz. Mintaqamiz uzoq vaqtdan buyon ehtiyoj sezayotgan tinchlik va xavfsizlik muhitini ta’minlash faqatgina muloqot, diplomatiya va xalqaro huquqqa sodiqlik orqali mumkindir. Turkiya Prezidentimiz Rejep Tayyip Erdogan rahnamoligida mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan barcha konstruktiv sa’y - harakatlarni qollab - quvvatlashda davom etadi” - degan ifodalarga o‘rin berdi.