Kecha (01.11.2025) Meksikadagi supermarketlardan birida portlash sodir bo‘ldi va oqibati kamida 23 kishi umriga zomin bo‘ldi.
Portlash, shimoli - g‘arbiy Sonora shtatidagi Hermosillo shahrida joylashgan Waldo's supermarketida paydo bo‘lgan yong‘in ortidan qayd etildi.
Mavzu haqida hali hanuz rasmiy ma’lumot berilmaganligiga qaramay ommaviy axborot vositalari dastlabki hisob - kitoblarga ko‘ra kamida 23 kishi halok bo‘lgani va 10 nafardan ortiq inson tan jarohati olganini ma’lum qilmoqda.
Yong‘in nazorat ostiga olindi va portlash sabablarini aniqlash uchun tergov ishlari boshlatildi.
La Jornada gazetasi xabariga ko‘ra gaz sizib chiqishi yoki yonilg‘i to‘planishi ehtimollari ustida tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Sonora jamoat xavfsizligi kotibiyati esa, voqea tinch aholini nishonga olgan hujum yoki zo‘ravonlik bilan aloqali emasligini bildirdi.
Prezident Klaudiya Sheynbaum, qurbonlar uchun hamdardlik bildirdi. Prezident «X» platformasi orqali mavzu haqida: «Men ehtiyojlarni qoplash uchun Sonora gubernatori Alfonso Durazo bilan aloqadaman. Ichki ishlar vaziri Rosa Icela Rodriguezga, oilalar va tan jarohati olganlarga yordam bera olish uchun qo‘llab - quvvatlash guruhi yuborishni topshirdim», - degan ifodalarga o‘rin berdi.












