DUNYO
2 daqiqa o'qish
Ukraina Rossiyaning neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berishni davom etmoqda
Ukrainaning insonsiz havo vositalari qo‘mondonligi, Kirishi neftni qayta ishlash zavodlariga nisbatan hujum uyushtirganliklari va undan muvaffaqiyatli natija olganliklarini qayd etdi.
Ukraina Rossiyaning neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berishni davom etmoqda
15 сентябр 2025

Ukrainaga oid insonsiz havo vositalari Rossiyaning shimoli - g‘arbida joylashgan «Kirishi» neftni qayta ishlash zavodiga nisbatan hujum uyushtirgani va tushirilgan insonsiz havo transpoti qoldiqlari yong‘in chiqishiga yo‘l ochganini ma’lum qildi. Bu zavod mamlakatdagi eng yirik neftni qayta ishlab chiqarish zavodi sifatida qabul qilinmoqda.

Ikkinchi Jahon urushidan beri Yevropada qayd etilgan eng yirik urush paytida bir tomondan urushni to‘xtatish muzokaralari davom etar ekan, ikkinchi tomondan insonsiz havo vositalari urushi avj olmoqda. NATO tarkibidagi Polshada Rossiyaga oid insonsiz havo vositalari urib tushirilar ekan, Ukraina ham dunyoning eng yirik ikkinchi neft eksportchisi hisoblangan Rossiyaning neftni qayta ishlash zavodlari va quvurlariga qarshi hujum uyushtirmoqda. Bu orqali, tuproqlarining qariyb 20 foizini bosib olgan Rossiyaning nomi tilga olingan ishg‘olni moliyalashtirish faoliyatlarini murakkablashtirishga urinmoqda.

Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenkoning aytishicha, «Kirishi» hududida uchta insonsiz havo transporti yo‘q qilingani va yerga tushgan qoldiqlar yo‘l ochgan yong‘in o‘chirilganini bildirdi. Voqeada hech kim tan jarohati olmagani ifoda etildi.

Ukrainaning insonsiz havo vositalari qo‘mondonligi, «Kirishi» neftni qayta ishlash zavodlariga nisbatan hujum uyushtirganliklari va undan muvaffaqiyatli natija olganliklarini qayd etdi.

«Kirishi» zavodi yiliga taxminan 17,7 million metrik tonna (kuniga 355 ming barrel) Rossiya neftini qayta ishlaydi, bu mamlakatning umumiy hajmining 6,4 foizini tashkil etadi.

Rossiya ma’lumotlariga ko‘ra, bir kecha - kunduzda 80 dan ortiq Ukrainaga oid insonsiz havo vositasi yo‘q qilingan.

Bundan avval nishonga olingan Rossiyaning Bashqirdiston mintaqasidagi bir neft kompaniyasi shanba kuni qayd etilgan insonsiz havo transporti hujumiga qaramay ishlab chiqarish darajasini saqlab qolishini ma’lum qildi.