Falastin Sog‘liqni Saqlash vazirligi yakshanba kuni (22.01.2026) G‘arbiy Sohilning shimolida Isroil armiyasi tomonidan uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida yaralangan falastinlik bir kishi vafot etganini ma’lum qildi.
Vazirlik bayonotiga ko‘ra 17 yoshli Muhammad Hanani, Nablus sharqidagi Bayt Furik qishlog‘ida hayotdan ko‘z yumgan.
Rasmiy WAFA axborot agentligi xabariga ko‘ra, Hanani, shanba kuni (21.02.2026) kechqurun qishloqda uyushtirilgan Isroil harbiy bosqini paytida boshidan o‘q yeb yaralangan.
Bosqin davomida 16 yoshli yana bir o‘smir ham jarohatlangan.
Isroil 2023 - yilning 8 - oktabrida G‘azoda boshlagan harbiy amaliyot ortidan Sharqiy Quddusni ham o‘z ichiga olgan holda, ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda bosqinni kuchaytirdi.
Shu davr mobaynida G‘arbiy Sohilda armiya va noqonuniy ko‘chmanchilar hujumlari natijasida falastinlik kamida 1 ming 117 kishi halok bo‘lgan, qariyb 11 ming 500 kishi esa jarohat olgan.






