Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Eronga qarshi uyushtirilgan noqonuniy hujumlar mintaqadagi urushni kengaytirayotgani va Isroilning harakatlari yuzasidan bu holat avj olayotganini ma’lum qildi.
Shanba kuni (28.03.2026) Istanbulda uyushtirilgan Xalqaro Strategik kommunikatsiya sammiti (STRATCOM) 2026 - ning ikkinchi kunining ochilishida nutq so‘zlagan Hakan Fidan, mintaqadagi davlatlarni jiddiy mojaroga tortuvchi har qanday holatga qarshi ekanliklarini ifoda etar ekan Erondagi oxirgi vaziyat ham Ko‘rfaz mintaqasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganiga alohida e’tibor qaratdi. Mavzu haqida esa: «Shuni aniq aytishimiz kerak, Isroilning bu urushining badalini butun dunyo to‘lamoqda», - dedi.
Fidan mojarо cho‘zilar ekan, geosiyosiy va iqtisodiy muammolar ko‘payishini ta’kidladi. U shuningdek, Turkiya bu xavfli manzaraga boshidan beri qarshi ekanini ifoda etdi.
Urush Netanyaxuning siyosiy kelajagi uchun olib borilganiga e’tibor qaratgan Fidan, ammo uning badalini yuqorida ham aytib o‘tilganidek butun dunyo to‘layotganini ta’kidladi. Inqiroz faqatgina shaharlarda emas, mintaqada yashagan xalqarning qalblari va zehnlarida ham achchiq iz qoldirishi mumkinligini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Hakan Fidan o‘z so‘zida: «Muammoni hal qilish uchun yagona yo‘limiz bor. U ham bo‘lsa taranglikni kamaytirish va diplomatiyadir», - deya gapirdi.
Isroilning Livanga qarshi uyushtirgan oxirgi hujumi haqida esa Hakan Fidan: «Biz (Turkiya), ayniqsa oxirgi hujumi ustidan Isroilning kengayuvchan siyosatiga kuchli ravishda qarshi chiqqanimizni e’lon qildik. Ushbu sa’y - harakatlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida har doim oliy darajali muloqotni davom ettirmoqdamiz. Maqsadimiz bu mojaroni iloji boricha tezroq to‘xtatuvchi chora - tadbirlarni belgilab olishdir», - dedi.
Bu oldindan dizayn qilingan betartiblik
Hakan Fidan. «Bu yerda bizning maqsadimiz amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan aniq qadamlarni tashlash va bu mojaroni imkon qadar tezroq yakunlashdir. Bu ma’nosiz urush tugashi kerak, yanada kengayib ketmasin, yanada yoyilmasin va global iqtisodiyot qaytarib bo‘lmaydigan darajada ziyon ko‘rmasin», - der ekan bu borada muloqot kanallari ochiq bo‘lishi zarurligini yodga solgan holda natijaga yo‘naltirilgan muzokaralar jarayoni tezda boshlanishi zarurligini ta’kidladi.
Netanyaxuning haddan tashqari keskin pozitsiyasi diplomatiyani izdan chiqarishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi haqida ogohlantirib, bu rejalashtirilgan tartibsizlik mintaqa davlatlarini zaif, bo‘lingan va himoyasiz holga keltirishni ko‘zlaganini ta’kidladi.
Fidan joriy yil mavzusi bo‘lgan «Xalqaro tizimda uzilish: inqirozlar, aytib berilganlar va tartib izlash» nihoyatda dolzarb ekanini ifoda etgan holda hozirgi holat nafaqat beqarorlik, balki tizimli parchalanishdan dalolat berayotganini qayd etdi.
Bu vaziyat xalqaro tizimning axloqiy yo‘nalishi, izchilligi va qonuniyligini yo‘qotganidan dalolat berishini ifoda etgan Hakan Fidan; tizim haligacha ishlab - ishlamagani aniq emasligini ifoda etdi.
Adolatsiz tizimdan bemalol foydalanganlar inqirozlar nihoyat o‘z qirg‘oqlariga yetib kelganda haqiqat bilan yuzlashayotganiga e’tibor qaratgan Fidan; shu paytlarda sog‘lom fikrga eng ko‘p ehtiyoj borligini ta’kidladi. Shuningdek, Turkiya inqirozlarni yengish uchun barcha diplomatik vositalarni safarbar qilishni davom ettirishini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Vazir bugungi dunyoda urush nafaqat jismoniy maydonda, balki axborot maydonida ham kechayotganini aytib; nutqlar va bayonotlar ko‘pincha idrokni boshqarishga va haqiqatni buzib ko‘rsatishga qaratilganiga e’tibor qaratdi. U bu usul G‘azodagi Isroil genotsidida ham qo‘llanilayotganini ta’kidladi.















