Rossiyaning Belgorod viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksandr Shuvayev Ukraina tomonidan hududga uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida 6 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Shuvayev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Ukraina armiyasi Belgorod viloyatining Koloskovo qishlog‘iga raketalar bilan hujum qilganini bildirdi.
Hujum oqibatida bir bino yonib ketganini qayd etgan Shuvayev: “6 kishi halok bo‘ldi. Yana 4 kishi, jumladan, bir bola jarohatlandi”, — dedi.



















