Turkiya kecha (21.12.2025) 1963 - yili Kiprning grek qismi terror tashkiloti EOKA a’zolari tomonidan sodir etilgan «qonli Rojdestvo» qatliomida 62 yil avval halok boʻlgan Kipr turklari xotirasini yod etdi.
Turkiya Tashqi Ishlar vazirligi «NSosial» ijtimoiy tarmoq orqali mavzu haqida bergan bayonotida: «Greklarning vahshiy hujumlarida halok boʻlgan barcha kiprlik turk birodarlarimizni rahmat bilan yod etamiz, faxriylarimizga chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz», - deyildi.
Bayonotda, shuningdek, «Turkiya, Kiprning milliy masalasi yoʻlida jonini fido qilgan shahidlarni hech qachon unutmaydi», - degan ifodaga oʻrin berildi.
Vitse - prezident Yilmaz: «Tarixning o‘chmas qora dogʻi».
Turkiya vitse - prezidenti Jevdet Yilmaz ham qurbonlarni yodga olib, qonli Rojdestvoni «tarixning o‘chmas qora dog‘i» - deb atadi.
Yilmaz «NSosial» ijtimoiy tarmoqda mavzu haqida qoldirgan postida bu qirg‘in EOKA terror tashkilotining Kipr turklarini yo‘q qilish va orolni egallab olishga qaratilgan urinishlarini ifodalashi ammo bu reja ona vatan Turkiya bilan yelkama - yelka turgan Kipr turk xalqining qat’iy qarshiligi tufayli ko‘zlagan maqsadiga erisha olmaganini bildirdi. Qirg‘inlarda halok bo‘lganlar bilan birga Kipr turklarining lideri Fazil Kuchuk va mamlakat asoschisi prezident Rauf Raif Denktashni ham yod etgan Yilmaz: «Turkiya bilan ShKTR bir umr yelkama - yelka turadi», - dedi.
Bayonotda quyidagilar ham qayd etildi: «Bundan roppa - rosa 62 yil muqaddam bugun greklarning EOKA terror tashkiloti a’zolari Kipr turk xalqiga qarshi shafqatsiz hujumlarning boshlanishi bo‘lgan qonli Rojdestvo qirg‘iniga qo‘l urdi.
EOKA terrorchilari ona vatan va kafolat beruvchi Turkiyaning qo‘llab - quvvatlashi hamda avvalo Turk Qarshilik Tashkiloti (TMT)ning qahramon a’zolari boshchiligida erkinlik va mustaqillik uchun kurashgan Kipr turklarining jasoratli kurashi yordamida xoin niyatlariga erisha olmadilar».
Qonli Rojdestvo
Xotira tadbirlari 1963 - yilning 21 - dekabri kuni EOKA terror tashkiloti a’zolari tomonidan butun orol bo‘ylab Kipr turklariga qarshi muvofiqlashtirilgan hujumlar boshlanishi bilan tarix sahifalaridan joy olgan va «qonli Rojdestvo» nomi bilan qayd etilgan qirg‘inning 62 - yilligining ramzidir.
EOKAga aloqador qurollangan kiprlik grek guruhlari, ikki jamoa o‘rtasida hamkorlik sifatida tuzilgan Kipr Respublikasining ikki jamoali tuzilmasidan Kipr turklarini zo‘ravonlik bilan chiqarib yuborishni maqsad qilgan Akritas rejasini amalga oshirishga uringan.
Shu doirada 1963 - yilning 20 – 21 dekabr kuni kechasi EOKA bilan bog‘liq grek to‘dalari Lefkoshada hujumlar boshlatib, o‘nlab Kipr turklarini qatl etdi va natijada respublikaning hokimiyatni bo‘lishish tizimini yo‘q qiluvchi keng ko‘lamli zo‘ravonlik to‘lqinini qo‘zg‘atdi.



















