Eron Tashqi Ishlar vaziri o‘rinbosari Majid Tahtravanchi, Vashington, sanksiyalarni bekor qilish masalasini muhokama qilishga tayyor bo‘lsa unda Eron AQSh bilan yadroviy kelishuvga erishish yo‘lida murosalarni ko‘rib chiqa olishini bildirdi.
Tehron bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari bu oy Ummonda muzokaralarni qayta boshlar ekan Tahtravanchi bugun (15.02.2026) BBCga intervyu berdi. Unda, seshanba kuni Jenevada yadroviy muzokaralarning ikkinchi bosqichi o‘tkazilishi tasdiqlanar ekan, birinchi uchrashuvlar ijobiy tusda o‘tgani ammo yakuniy xulosa chiqarish uchun hali erta ekani qayd etildi.
Eron yadroviy dasturiga qo‘yiladigan cheklovlarni sanksiyalar bekor qilinishi evaziga muhokama qilishga tayyor ekanini bildirgan edi biroq bu masalani raketalar ham doxil boshqa mavzular bilan bog‘lashni bir necha bor rad etdi.
Manbalardan birining juma kuni bergan ma’lumotga ko‘ra AQSh delegatsiyasi seshanba kuni ertalab eronliklar bilan uchrashadi; AQSh – Eron aloqalarida Ummon vakillari o‘rtamchilik qiladi.
Eronning moslashuvchanligi
Ravanchi dushanba kuni barcha moliyaviy sanksiyalar bekor qilingudek bo‘lsa unda mamlakatdagi eng yuqori darajada boyitilgan uranni suyultirishga rozi bo‘lishi mumkinligini bildirdi. U BBC intervyusida bu misolni Eronning moslashuvchanligini ko‘rsatish uchun keltirdi.
Yuqori martabali diplomatlardan biri, Tehronning nol darajadagi uran boyitishni qabul qilmasligini yana bir bor ta’kidladi. Bu o‘tgan yili kelishuvga erishish yo‘lidagi eng yirik to‘siqlardan biri bo‘lgan, chunki AQSh boyitishni yadroviy qurol yaratishga olib boruvchi yo‘l deb hisoblaydi. Eron esa bunday qurol yaratish niyatini inkor etmoqda.
Donald Trump prezidentlikning birinchi muddatida sobiq prezident Barack Obama tashqi siyosatdagi muhim yutug‘i hisoblangan 2015 - yilgi Eron yadroviy kelishuvidan AQShni chiqargan edi.
Mazkur kelishuv Tehron yadroviy dasturini atom bombasi yaratish darajasiga yetishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun cheklashi evaziga Eron ustidagi ayrim sanksiyalarni yumshatishni nazarda tutgan edi.






