TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Turkiya va Ummon o'rtasida 16ta hujjat imzolandi
Erdo’g'an Ummon poytaxti Maskat shahrida Sulton Haytam bin Toriq bilan uchrashdi.
Turkiya va Ummon o'rtasida 16ta hujjat imzolandi
Turkish President Erdogan and Oman’s Sultan Haitham bin Tariq attend a signing ceremony after talks at Al Alam Palace in Muscat on October 23, 2025.
23 октябр 2025

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo’gan payshanba kuni Ummon poytaxti Maskatda Sulton Haytam bin Toriq bilan uchrashdi. Uchrashuvda sanoat, mudofaa va aloqa sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Liderlar mintaqaviy va global masalalarni muhokama qilib, Falastin bo‘yicha birdamlik va o‘zaro hamfikrlikni tasdiqlashdi. Bu uchrashuv Erdo’gan’ning Fors ko‘rfazidagi uch davlatni o‘z ichiga olgan safari doirasidagi so‘nggi manzili bo‘ldi. U bundan avval Quvayt va Qatarga tashrif buyurgan edi.

Payshanba kungi uchrashuv Maskatdagi Al Alam saroyida yopiq eshiklar ortida o‘tkazilganini Turkiya diplomatik manbalari tasdiqladi.

Turkiya Aloqa boshqarmasi bayonotida ta’kidlanishicha, ikki yetakchi uchrashuv davomida ikki tomonlama munosabatlar, mintaqaviy va global masalalarni batafsil muhokama qilgan.

“Turkiya va Ummon o‘rtasida chuqur tarixiy va birodarlik rishtalari mavjud. Prezident Erdo’g’an bu tashrif ikki davlat o‘rtasidagi birdamlikni yanada mustahkamlashiga ishonch bildirdi,” deyiladi bayonotda.

Shuningdek, bayonotda quyidagilar qayd etilgan:

“Prezident Erdo’g’an sanoat, iqtisodiyot, mudofaa va aloqa sohalarini o‘z ichiga olgan keng yo‘nalishlarda Ummon bilan hamkorlikni kuchaytirish rejalashtirilayotganini ta’kidladi.”

“Turkiya va Ummon ko‘plab masalalarda, xususan Falastin masalasida, o‘xshash pozitsiyaga ega. Prezident Erdo’g’an Ummonning mintaqadagi vositachilik va muloqotga asoslangan sa’y-harakatlarini yuqori baholadi hamda G‘azoda ikki davlatli yechimga erishish yo‘lida birgalikda harakat qilish rejalari borligini qo‘shimcha qildi,” deyiladi bayonotda.

Uchrashuv yakunida ikki davlat o‘rtasida jami 16 ta yangi hujjat imzolanganini Aloqa boshqarmasi ma’lum qildi.

 

 

Boxabar bo'ling!
Dunyo Gruziyadagi harbiy samolyot halokatidan so‘ng Turkiyaga ta’ziya bildirdi
Erdo‘g‘an va Kobaxidze Gruziyadagi samolyot halokati yuzasidan hamkorlikni muhokama qildi
Gruziyada qulagan turk harbiy samolyotida 20 askar shahid bo‘ldi
Turkiya harbiy samolyoti Gruziya–Ozarbayjon chegarasida halokatga uchradi
Turk olimi jamoasi yashashga yaroqli yangi sayyoralarni topdi
Erdo‘g‘an Ataturkni yod etishga bag‘ishlangan marosimga yetakchilik qildi
Turkiya, Ataturkning Salonikdagi uyini qayta ochib, asoschisining merosini sharafladi
Turkiya o‘z asoschisi Ataturkni vafotining 87-yilligida yodga oldi
Istanbulda «Gʻazoning kelajagi» xalqaro sammiti boʻlib oʻtadi
Turk hay’ati vaqti – vaqti bilan toʻxtab qolgan muzokaralar uchun Afgʻonistonga boradi
Hakan Fidan ertaga AQShga tashrif uyushtiradi
Erdoʻgʻan: AQSh F - 35 masalasi ustidan oʻz majburiyatlarini bajaradi degan umiddaman
Turkiya kiber josuslik reydlarida ikki gumonlanuvchini qo‘lga oldi
Prezident Erdo‘g‘an Ozarbayjonning Qorabog‘dagi g‘alabasi Kavkazda tinchlik uchun muhim rol o‘ynaydi
Turkiya G‘azodagi genotsid sababli Netanyahu va 36 shaxsga nisbatan hibs buyrug‘i chiqardi
Prezident Erdo‘g‘an va Liviya Bosh vaziri Dibeyba ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildilar
TRT World Digital 2025-yilgi Lovie mukofotlarida katta yutuqqa erishdi
THY Ispaniyaning Air Europa aviakompaniyasining 355 million dollarlik ulushini sotib oldi
Turkiya G‘azodagi otashkesimning davom etishi tarafdori
Ibrahim Kalin Istanbulda Hamas hay’atini qabul qildi