SPORT
1 daqiqa o'qish
Eron futbol jamoasi Jahon kubogi uchun AQSHning Turkiyadagi vakolatxonasida viza rasmiylashtiradi
Eron milliy futbol terma jamoasi 19-maydan buyon Turkiyaning Antaliya shahrida tayyorgarlik mashgʻulotlarini amalga oshirmoqda.
Eron futbol jamoasi Jahon kubogi uchun AQSHning Turkiyadagi vakolatxonasida viza rasmiylashtiradi
Eron terma jamoasi a'zolari viza rasmiylashtirish jarayonlarini yakunlash uchun Turkiya poytaxtidagi elchixonaga yetib kelishdi. / AFP

Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, Eron milliy futbol terma jamoasi 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida AQShning Anqaradagi elchixonasiga viza olish uchun ariza topshirdi.

Ma’lumot uchun, ushbu nufuzli musobaqa shu yilning 11-iyunidan 19-iyuliga qadar AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida birgalikda o‘tkaziladi.

Eron terma jamoasi a’zolari payshanba kuni elchixonaga tashrif buyurib, viza rasmiylashtirish uchun barcha zaruriy tartib-taomillardan o‘tishdi. Futbolchilar binodan chiqayotganda jurnalistlarning “Arizalaringiz tasdiqlandimi?” degan savoliga tabassum bilan javob qaytarishdi.

Jamoa joriy yilning 19-mayidan buyon Turkiyaning kurort shahri sanalgan Antaliyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazmoqda.

Eron Futbol federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Mehdi Muhammad Nabiy avvalroq jamoaning barcha a’zolari AQSh va Kanada vizalariga oid rasmiyatchiliklarni yakunlash uchun Anqaraga borishini ma’lum qilgan edi. U, shuningdek, viza jarayonlari va boshqa rasmiy tartiblar uchun xorijiy klublarda to‘p surayotgan bir nechta futbolchilar ham delegatsiyaga qo‘shilishi kutilayotganini qo‘shimcha qilgandi.