G'AZODA URUSH
3 daqiqa o'qish
Xalqaro Sumud floti Misrning shimoliy qirgʻoqlariga yaqinlashdi
Isroilning Gʻazo qamalini buzishni koʻzlagan xalqaro Sumud floti Misrning shimoliy qirgʻoqlariga yaqinlashdi.
Xalqaro Sumud floti Misrning shimoliy qirgʻoqlariga yaqinlashdi
Xalqaro Sumud floti Marsa Matruh shimoliga yetib bordi.
29 сентябр 2025

Tashkilotchilar Gʻazoga yoʻl olgan xalqaro Sumud floti Misrning O‘rta yer dengizi sohilidagi Marsa Matruh shimoliga yetib borganini ma’lum qildi.

Gʻazo qamalini buzish boʻyicha xalqaro qo‘mita yakshanba kuni «X» platformasi orqali bergan bayonotida, flot bir necha soat ichida Iskandariya shahri shimolidagi suvlar tomon yo‘l olishi mumkinligini qayd etdi.

Faollar esa, «Gʻazoga yaqinlashar ekanmiz, sionistlar tomonidan bizga qarshi jinoyat sodir etilishi mumkindek his qilayapmiz», - dedi.

Xalqaro Sumud floti tashkilotchilari shuningdek: «Bizning asosiy kemalarimiz hisoblangan OHWAYLA va ALL IN hozirda G‘azodan atigi 678 kilometr uzoqlikda bo‘lib, taxminan 3 - 4 kun ichida koʻzlangan manzilga yetib borishi kutilmoqda. Bizning flotimizga yana 2 ta kema qoʻshildi va jami 44 ta bo‘ldi», - dedi.

Bayonotda: «Flot ikki kun ichida yuqori xavfli hududga kiradi. Bizning qarorimiz qat’iy ammo aynan shu paytda global hushyorlik va birdamlik zarurdir», - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Qo‘mita avvalroq Gʻazoga jurnalistlar bilan tibbiy xodimlarini oʻz ichiga olgan kema jo‘natishini ma’lum qilgandi.

Bayonotda aytilishicha, 1 - oktabrda yo‘lga chiqishi rejalashtirilgan kema 100 dan ortiq xalqaro ommaviy axborot vositasi vakillari biln shifokorlarni olib boradi.

To‘xtatib qolish

Isroilning KAN davlat teleradiokompaniyasining xabar berishicha Isroil flotni to‘xtatib, nazoratni qo‘lga olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Flotning to‘rt kun ichida G‘azo sohillariga yetib borishi va uning yahudiylarning Yom Kippur bayrami bilan bir kunga toʻgʻri kelishi kutilmoqda.

Teleradiokompaniyaga ko‘ra Isroilning dengiz komandosi Shayetet 13 so‘nggi kunlarda kemalarni dengizda qo‘lga olish uchun maxsus mashqlar o‘tkazgan va bu mashqlar faollarga ziyon yetkazishni minimallashtirishga qaratilgan.

Shuningdek Isroil yaqinda flot tashkilotchilariga murojaat qilib, insonparvarlik yordamini Ashkelon porti, Gretsiya boshqaruvidagi Janubiy Kipr yoki Vatikan orqali yetkazib berilishini taklif qilar ekan tashkilotchilar Tel - Aviv bu harakatni qasddan uyushtirgan boʻlishi mumkinligini nazarda tutgan holda nomi tilga olingan taklifni rad etgan.

Isroil haqiqatdan ham amaliyot uyushtirgudek boʻlsa unda bu holat iyun va iyul oylarida Madleen va Handala yordam kemalarining to‘xtatilishini yodga soladi.

Xalqaro Sumud floti Gʻazoga qarshi Isroil tomonidan yoʻlga qoʻyilgan qamalini buzish va insonparvarlik yordami, xususan tibbiy ashyolar yetkazib berish maqsadida yo‘lga chiqdi.

Joriy yilning 2 - martidan beri Isroil Gʻazoning barcha o‘tish joylarini butunlay yopib, oziq - ovqat va yordam karvonlariga monelik qildi. Eng yomoni mintaqadagi ocharchilikning avj olishiga yoʻl ochdi.

Ishgʻolchi kuch sifatida Isroil G‘azoga yo‘l olgan kemalarni to‘xtatib, ularni musodara qilish va faollarni deportatsiya qilish kabi tajribaga ega. Tanqidchilar bunday harakatlarni qaroqchilik deb ta’riflashadi.

2023 - yilning oktabr oyidan beri Isroil armiyasi G‘azoda falastinlik 66 ming nafardan ortiq insonni oʻldirdi. Ularning koʻpchiligi ayollar va yosh bolalardan iborat. Tinimsiz bombardimonlar hududni yashashga yaroqsiz holga keltirgan, ocharchilik va kasalliklarning keng tarqalishiga olib kelgan.