DUNYO
1 daqiqa o'qish
Isroil otashkesim kelishuviga qaramay Livanda yana hujum uyushtirdi
Isroil harbiylari insonsiz havo transportlari orqali Livan janubiga qarshi yana hujum uyushtirib, otashkesim kelishuvini buzdi.
Isroil otashkesim kelishuviga qaramay Livanda yana hujum uyushtirdi
_
10 ноябр 2025

Isroil tunov kuni (08.10.2025), insonsiz havo transportlari orqali Livan janubiga qarshi hujum uyushtirdi. Bu orqali, 2024 – yili kuchga kirgan otashkesim kelishuvini yana buzdi.

NNA davlat axborot agentligining xabar berishicha Isroilga oid insonsiz havo transportlari Bint Jbeil tumanidagi al - Savaneh va Kirby Shelm oraligʻidagi bir hududda yuk tashuvchi mashinaga qarshi uchta raketa otar ekan, natijada moddiy ziyon yetkazildi.

Hujum natijasida qurbonlar bor yoki yoʻqligi haqida hech qandy ma’lumot berilmadi

NNA axborot agentligi Isroilga oid insonsiz havo transportlari shuningdek Tir mintaqasi va uning atrofi; Nabatieh viloyati, Iqlim al Tuffah mintaqasi va Bint Jbeilning ayrim qismlari ustidan ham pastdan uchib oʻtgan.

Isroil armiyasi boʻlinmalari shuningdek, Tirning qishloq hududi boʻlgan Alma al - Shaab etaklarida ogʻir qurollar orqali hujum uyushtirgan.

Isroil armiyasi yuqorida aytilgan hujumlar haqida hali hanuz hech qanday bayonot bermadi

Isroil armiyasi Hizbulloh a’zolari va infratuzilmasini nishonga olganini iddao qilgan holda Livanga qarshi deyarli har kuni havo hujumlari uyushtirib, Livan janubida bir necha haftadan beri keskinlikni kuchaytirmoqda.

Isroil armiyasi 2023 - yilning oktabr oyida boshlangan va 2024 - yilning sentabr oyida to‘liq hujumga aylangan Livanni nishonga olgan hujumlarida taxminan 4 ming nafar inson umriga, 17 ming nafar insonning esa sog‘ligga zomin bo‘ldi.