Emine Erdo‘g‘an 19 - may Ataturkni yodga olish, yoshlar va sport bayrami munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
Emine Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali mavzu haqida:
“19 - may — eng og‘ir kunlarda ham umidni yo‘qotmagan irodaning, istiqlol yo‘lida boshlangan buyuk kurashning nomidir. Bugun o‘sha ruhni qalbida yashatishda davom etayotgan turk yoshlarining aql, vijdon va jasorat bilan ertangi kunni bunyod etishda davom etishini tilayman. 19 - may Ataturkni yodga olish, yoshlar va sport bayramimiz muborak bo‘lsin” - dedi.





















