Inson huquqlari guruhlari bugun (04.01.2026) bergan bayonotida, Eronda bir haftadan beri davom etayotgan norozilik namoyishlari chog‘ida kamida 16 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Yuqori inflyatsiya yuzasidan boshlangan norozichiliklar Eronning to‘rt burchagida ham yoyilar ekan, bu holat, namoyishchilar bilan xavfsizlik kuchlari o‘rtasida keskin to‘qnashuvlarga yo‘l ochdi.
Halok bo‘lganlar va qo‘lga olinganlar haqida hafta davomida ham davlat ommaviy axborot vositalari, ham inson huquqlari guruhlari xabar berdi ammo qayd etilgan raqamlar bir - biridan farqli. Reuters kabi ishonchli axborot agentliklari bu raqamlarni mustaqil tarzda tasdiqlay olmadi.
Shu bilan birga, norozilik namoyishlari so‘nggi yillarda mamlakatda tez - tez kuzatilayotgan ommaviy chiqishlar zanjiriga yana bir bo‘g‘in bo‘lib qo‘shilgani, yomonlashgan iqtisodiy vaziyat va kuchayib borayotgan xalqaro bosim bilan birgalikda juda nozik bir davrga to‘g‘ri kelayotgani aytilmoqda.
AQSh Prezidenti Donald Tramp, agar namoyishchilar zo‘ravonlikka ma’ruz qolgudek bo‘lsa unda ularni qo‘llab - quvvatlash uchun chora ko‘rishi mumkinligini bildirdi. Tramp juma kuni mavzu haqida bergan bayonotida “biz tayyormiz, hozircha kutyapmiz”, degan ifodalarga ovrin berdi ammo aniq qanday choralar ko‘rishi haqida gapirmadi.
Bu ogohlantirish ortidan Eronning yuqori martabali rasmiylari AQSh kuchlarini tahdid qildi. Eronning oliy diniy rahbari Ali Xomanaiy esa mamlakati “dushmanga bo‘yin egmasligini” ta’kidladi.
Yakshanba kuni genotsidchi Binyamin Netanyaxu ham Erondagi namoyishchilarga qo‘llab - quvvatlagan edi.
Netanyaxu haftalik vazirlar kengashi yig‘ilishida, “Biz Eron xalqining kurashi, ularning erkinlik, ozodlik va adolat talablarini qo‘llab - quvvatlaymiz”, - dedi.
Uning idorasi tarqatgan bayonotga ko‘ra, Netanyaxu “Eron xalqi o‘z taqdirini o‘z qo‘liga olayotgan tarixiy lahzaga guvoh bo‘layotgan bo‘lishimiz juda ehtimol” - deya qo‘shimcha qilgan.









