DUNYO
2 daqiqa o'qish
AQSH Ukrainada zarbalar doirasini kengaytirishni rejalashtirmoqda
AQSH Ukrainada zarbalar doirasini kengaytirish niyatida 373,6 million dollarlik qurol sotuvini tasdiqlaganini ma’lum qildi.
AQSH Ukrainada zarbalar doirasini kengaytirishni rejalashtirmoqda
_

AQSh Davlat departamenti Ukraina uchun GPS bilan boshqariladigan bomba to‘plamlarini o‘z ichiga olgan 373,6 million dollarlik qurol sotuvini tasdiqlaganini ma’lum qildi.

Departament mavzu haqida seshanba kuni (05.05.2026) bergan bayonotida, Xorijiy harbiy savdolar dasturi doirasida Kiyevga Qo‘shma To‘g‘ridan - to‘g‘ri zarba o‘q - dorilari va Kengaytirilgan masofa (JDAM-ER) to‘plamlari bilan tegishli jihozlar sotilishiga ruxsat berilganini bildirdi.

Paket 1 200 dona KMU - 572 JDAM dum qismi to‘plami va 332 dona KMU - 556 JDAM dum qismi to‘plamiga ilova sifatida portlatgich tizimlari, ehtiyot qismlar, logistika yordami va texnik hujjatlarni o‘z ichiga oladi.

Bayonotda: “Taklif etilayotgan sotuv Yevropada siyosiy barqarorlik va iqtisodiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan hamda AQShning hamkori hisoblangan mamlakat xavfsizligini oshirish orqali AQShning tashqi siyosati va milliy xavfsizlik maqsadlarini qo‘llab - quvvatlaydi” - degan ifodalarga o‘rin berildi.

Unda shuningdek: “Taklif etilayotgan sotuv Ukraina uchun yanada mustahkam havo mudofaasi qobiliyatini ta’minlab, uning mavjud va kelajakdagi tahdidlarga qarshi o‘zini himoya qilish hamda mintaqaviy xavfsizlik vazifalarini bajarish imkoniyatini oshiradi. Ukraina ushbu mahsulot va xizmatlarni o‘z qurolli kuchlariga integratsiya qilishda hech qanday qiyinchilikka duch kelmaydi” - deb qo‘shimcha qilindi.

Harbiy muvozanatga ta’sir qilmaydi

AQSh Davlat departamenti bayonotida taklif etilayotgan sotuv “mintaqadagi asosiy harbiy muvozanatni o‘zgartirmasligi” ta’kidlandi.

Shuningdek, bayonotda: “Ushbu sotuv AQShning mudofaa tayyorgarligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi” - deyiladi.

Ukraina bilan Rossiya o‘rtasidagi urush 2022 - yilning fevral oyida boshlanganidan beri AQSh Kiyevga harbiy va gumanitar yordam sifatida taxminan 187 milliard dollar yuborgan.

Boxabar bo'ling!
Shri-Lankadagi ommaviy qabrdan 572 kishining jasad qoldiqlari topildi
Kanadada sinagoga yaqin qurolli hujumda ikki kishi, jumladan politsiyachi yaralandi
Tramp: “Butun Eronni havoga uchirishim mumkin”
Eron Inqilobiy gvardiyasi: “Hormuz bo‘g‘ozida MQ-1 uchuvchisiz apparati urib tushirildi”
Rossiya bilan Ukraina o‘rtasidagi hujumlar davom etmoqda
Halabdagi portlashlarda to‘rt kishi yaralandi
Saudiya Arabistoni husiylarning Ar-Riyodga otgan ballistik raketasi yo‘q qilinganini ma’lum qildi
AQSHda sun’iy intellekt kompaniyalari ustidan raqobat qonunlarini buzganlik da’vosi bilan sudga muro
AQSH Yaqin Sharq uchun xavfsizlik ogohlantirishini e’lon qildi
AQSh Ukraina uchun 2,68 milliard dollarlik havo mudofaasi paketini ma'qulladi
Pokistonning Xaybar Paxtunxva viloyatida terakt sodir bo'ldi
Kongo Demokratik Respublikasida Eboladan vafot etganlar soni 3 ming 577 nafarga yetdi
Pokistonda masjid yaqinidagi portlashda 15 kishi halok bo‘ldi
Eron Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tishga uringan Togo bayrog‘idagi neft tankerini urganini ma’lum qildi
Tramp Polshada AQSH bazasini tashkil etish bo‘yicha muhim yutuqlarga erishilganini ma’lum qildi
Slovakiya Bosh vaziri Fitso Yevropa miqyosidagi harbiy mojaro haqida ogohlantirdi
G'azoda Isroil vayron qilgan mahalladan 12 kishining jasadi topildi
Pentagon Yevropadagi AQSh qo'shinlari sonini 40 ming kishiga qisqartirmoqchi
Rossiyaga oid IHT Ukrainaga ketayotgan kemaga hujum qildi
OpenAI sun'iy intellekt modellarining xavfsizlik choralarini buzgan qanday holatlarni e'lon qildi?