SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Baqoiy Eron - AQSh muzokaralari davom etganini tasdiqladi
Ismoil Baqoiy, Eron - AQSh muzokaralari Pokiston o‘ratmchiligida davom etayotganini ma’lum qildi.
Baqoiy Eron - AQSh muzokaralari davom etganini tasdiqladi
_

Eron Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Ismoil Baqoiy, Eron - AQSh muzokaralari Pokiston o‘ratmchiligida davom etayotganini ma’lum qildi.

Mehr axborot agentligi xabariga ko‘ra Baqoiy mavzu haqida dushanba kuni (18.05.2026) bergan bayonotida: «Ular uran zaxirasini boyitish va u moddalar bilan bog‘liq taxminlarni ilgari surishdi. Biz esa buning hech qanday asosi yo‘qligini bildirdik» - dedi.

Baqoiy: «Amerikaliklar takliflar berdi, biz ham o‘z ko‘z qarashlarimizni yetkazdik» - deya qo‘shimcha qildi.

Shuningdek, Baqoiy, AQSh bilan Bahraynning Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha taklif qilgan qaroriga ham munosabat bildirib, BMT Xavfsizlik kengashi Eronni mintaqa xavfsizligini zaiflashtirishda ayblay olmasligini ifoda etdi.

Baqoiy: «Xitoy bilan Rossiya, dengizlar va erkin savdoga qarshi xavfsizlikning asosiy manbaasi AQSh ekanini biladi» - dedi.

U yana: «Agar xalqaro hamjamiyat mas’uliyatli qadam tashlamoqchi bo‘lsa unda AQShning harakatlarini qoralashi kerak» - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Ishonchni mustahkamlash choralari

Shu bilan birga, muzokaralarga yaqin manbaning Tasnim axborot agentligiga xabar berishicha, Eron qayta ko‘rib chiqilgan 14 banddan iborat matnni pokistonlik o‘ratmchilarga taqdim etgan va ushbu hujjatning AQSh tomoniga yetkazilishi kutilmoqda.

Manbaning aytishicha, Vashington yaqinda Eronning avvalgi 14 bandlik taklifiga javoban o‘z matnini yuborgan va bu hujjat ham Pokiston orqali yetkazilgan.

Manbaga ko‘ra, Eron, tomonlar o‘rtasidagi xabar almashish uchun yaratilgan mexanizm asosida o‘zgartirishlar kiritgach; qayta ko‘rib chiqilgan matnni taqdim etgan.

Qayd etilishicha, Eronning yangi matni «urushni yakunlash»ga qaratilgan muzokaralar hamda AQSh kutayotgan «ishonchni mustahkamlash choralari»ga e’tibor qaratgan.

AQSh bilan Isroil tomonidan joriy yilning fevral oyida Eronga qarshi hujum uyushtirilganidan beri mintaqadagi keskinlik kuchayib bormoqda. Tehron bunga javob tariqasida Isroil bilan Fors ko‘rfazidagi AQSh ittifoqchilarini, jumladan Birlashgan Arab Amirliklarini nishonga olgan hujumlar uyushtirib, Ho‘rmuz bo‘g‘ozini bekitdi.

Pokiston o‘rtamchiligida erishilgan sulh 8 - aprel kuni kuchga kirgan bo‘lsa - da, Islomoboddagi muzokaralar doimiy kelishuvga olib kelmadi. Keyinchalik AQSh Pprezidenti Donald Tramp sulhni noma’lum muddatga uzaytirdi.