DUNYO
2 daqiqa o'qish
Pokiston otashkesimga qo‘shgan hissalari uchun Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi
Pokiston, AQSh bilan Eron o‘rtasida vaqtinchalik kuchga kirgan otashkesimga qo‘shgan hissalari uchun Turkiya va boshqa ittifoqchilariga minnatdorchilik bildirdi.
Pokiston otashkesimga qo‘shgan hissalari uchun Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi
_
3 соат олдин

Pokiston Bosh vaziri Shohboz Sharif Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) bilan Eron o‘rtasida sulhga erishilishida Turkiya, Xitoy, Saudiya Arabistoni va boshqa ittifoqchilarning beqiyos yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.

Sharif mavzu haqida chorshanba kuni (08.04.2026) X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmoq orqali bergan bayonotida shunday dedi: “Islomobod muzokaralariga yaqinlashar ekanmiz Xitoy, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Misr va Qatar kabi birodar mamlakatlarga sulhga erishish yo‘lida ko‘rsatgan beqiyos va to‘liq ko‘magi hamda tinch diplomatik sa’y - harakatlar orqali mojaroga keng ko‘lamli va qat’iy yakun yasash imkonini yaratganliklari uchun chuqur va samimiy minnatdorchiligimni bildiraman”.

Sharif chorshanba kuni (08.04.2026) erta tongda urushayotgan tomonlar o‘rtasida ikki haftalik sulh e’lon qilar ekan, AQSh va Eron delegatsiyalarini barcha kelishmovchiliklarni bartaraf etish va yakuniy kelishuvga erishish uchun qo‘shimcha muzokaralar o‘tkazish maqsadida juma kuni Islomobodga taklif qildi.

Bosh vazir, shuningdek, mintaqada tinchlik va barqarorlikni qo‘llab - quvvatlashdagi izchil yondashuvlari va sadoqatlari bu sa’y - harakatlar uchun hayotiy ahamiyatga ega ekanini ta’kidlagan holda Fors ko‘rfazi Hamkorlik kengashi tarkibidagi mamlakatlariga chuqur minnatdorchilik bildirdi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp esa Tehronga muzokaralar uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan va 10 moddadan iborat bo‘lgan taklif taqdim etilganini bildirib, seshanba kuni Eron bilan ikki haftalik sulh e’lon qilgan edi.

Sharif bugun erta tongda Eron Prezidenti Mesud Pezeshkiyon bilan suhbatlashib, Tehronning Islomobod muzokaralarida ishtirok etishini tasdiqladi va mavzu haqida shunday dedi: “Barcha birodar mamlakatlarimiz hamda Amerika Qo‘shma Shtatlari rahbariyati tinchlikka imkon berish yo‘lida ulkan strategik ko‘z qarash, sog‘lom fikr va sabr - toqat namoyon etdi”.

Sharif o‘z so‘zida shuningdek: “Mintaqada va undan tashqarida barqaror tinchlikni barpo etish uchun birgalikda ishlaylik” - degan ifodalarga o‘rin bergan holda Pokistonning global tinchlik yo‘lida qilayotgan samimiy sa’y - harakatlarini qadrlagan va qo‘llab -quvvatlagan dunyoning turli burchaklaridagi barcha hamkorlar va do‘stlarga minnatdorchilik bildirdi.

Sulh e’loni, Trampning Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta ochishga va kelishuvni qabul qilishga undashi; aks holda butun bir sivilizatsiya yer bilan yakson qilinish bilan tahdid qilinishi uchun berilgan muddatning tugashidan ikki soatdan ham kamroq vaqt qolgan paytda qayd eitldi.