G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
Isroilning qoidabuzarliklari davom etmoqda
Isroilning qoidabuzarliklari davom etmoqda va shu doirada falastinlik yana 5 kishi halok bo‘ldi.
Isroilning qoidabuzarliklari davom etmoqda
_

Isroilning sulh bitimini muntazam ravishda buzishi doirasida shanba kuni ertalab Gazoga qarshi uyushtirilgan hujumlarda bir oilaning 4 a’zosi bilan birga falastinlik kamida 5 kishi halok bo‘ldi, ko‘plab inson yaralandi.

G‘azodagi Shifo shifoxonasidagi tibbiy manbaning ma’lum qilishicha, G‘azo shahridagi Tayran chorrahasi yaqinidagi uyga qarshi uyushtirilgan havo hujumi oqibatida ikki nafar bola hamda ularning ota - onasi hayotdan ko‘z yumgan.

Guvohlarning aytishicha, hujum tong saharda Safadi oilasining uyini nishonga olgan. Natijada Husayn Safadi, Rana Safadi, ularning 6 yoshli qizi Zina va 13 yoshli qizi Lana halok bo‘lgan.

Oilaning boshqa a’zolari hamda atrofdagi ayrim fuqarolar ham yaralangani bildirildi.

Yana bir hujumda Isroilga tegishli insonsiz havo transporti G‘azo shahrining shimolidagi Saftaviy chorrahasi yaqinida piyodalarni nishonga olishi oqibatida falastinlik bir nafar erkak kishi halok bo‘ldi, bir ayol esa o‘rtacha darajada jarohat oldi.

Mazkur hujumlar 2025 - yilning oktabr oyida kuchga kirgan sulh bitimi Isroil tomonidan buzilishi davom etayotgan bir paytda sodir bo‘ldi.

G‘azo Sog‘liqni Saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, payshanba kuniga qadar sulh bitimi buzilishlari natijasida 1 007 nafar falastinlik halok bo‘lgan, 3 165 kishi yaralangan.

Sulh bitimi Isroilning G‘azoga qarshi ikki yil davom etgan harbiy hujumlaridan so‘ng kuchga kirgan edi. Ushbu hujumlar oqibatida 73 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan, 173 mingdan ziyod kishi yaralangan hamda fuqarolik infratuzilmasining qariyb 90 foizi vayron qilingan.