TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Kansler Merz: Germaniya Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga qo'shilishi tarafdori
Germaniya kansleri Fridrix Merz Turkiyaning Eurofighter Typhoon samolyotlarini sotib olish qaroridan mamnunligini bildirdi.
Kansler Merz: Germaniya Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga qo'shilishi tarafdori
Germany to pursue closer cooperation with Türkiye on security policy.
31 октябр 2025

Germaniya kansleri Fridrix Merz Berlinning Anqarani Yevropa Ittifoqida ko‘rishni istashini aytib, Turkiyaning tashqi siyosatdagi o‘rnini ta’kidladi.

Merz payshanba kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga Yevropa darajasida strategik muloqotni boshlash niyatida ekanligini aytganini va ular Kopengagen mezonlarini muhokama qilganini bildirdi.

Prezident Erdo‘g‘an esa bunga javoban, agar Turkiya Kopengagen mezonlari asosida baholansa, Anqaraning Yevropa va dunyo bilan aloqalarini belgilovchi o‘zining “Anqara mezonlari” borligini aytdi.

“Biz bu muhokamalarni davom ettirishni xohlaymiz”, dedi Merz, Turkiyaga kansler sifatida birinchi marta tashrif buyurganida, Anqarada Erdo‘g‘an bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Dunyo “yangi geosiyosiy bosqichga kirganini, unda yirik kuchlar global siyosatni shakllantirishi”ni ta’kidlab, u qo‘shimcha qildi: “Germaniyalik va yevropalik sifatida biz strategik hamkorlikni chuqurlashtirishimiz kerak, va Turkiya bundan chetda qolmasligi lozim.”

“Turkiya bizni qiziqtirgan barcha tashqi siyosat va xavfsizlik masalalarida juda muhim o‘yinchi,” dedi u.

U Germaniya Turkiya bilan xavfsizlik siyosati bo‘yicha yaqinroq hamkorlik qilishini va’da qildi.

G‘azo tinchligi

G‘azo masalasi ham muhokama qilinganini ta’kidlab, Merz: “Garovdagilarni ozod qilish va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha erishilgan yutuqlar juda ijobiy. Birinchi marta, uzoq muddatli tinchlik uchun umid paydo bo‘ldi,” dedi.

G‘azoda tinchlikni ta’minlashdagi roli uchun Erdo‘g‘onga minnatdorchilik bildirgan holda, u qo‘shimcha qildi: “Bu jarayon Turkiya, Qatar, Misr va AQShsiz amalga oshmagan bo‘lardi. Buni amalga oshirganingiz uchun rahmat.”

Merz Germaniya tinchlikni saqlash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishini ta’kidladi va Germaniya ofitserlari ilk bor janubiy Isroilda joylashgan fuqarolik-harbiy markazga yuborilganini qayd etdi.

Germaniyaning Isroilga bo‘lgan qat’iy qo‘llab-quvvatlovi Holokostdagi aybdorlik tufaylimi degan savolga javoban, Merz: “Federal hukumat Isroil tashkil topganidan beri uning yonida turibdi. U Holokostdan omon qolgan millionlab yahudiylar uchun boshpana bo‘ldi. Germaniya har doim Isroil bilan birga bo‘ladi. Bu har bir hukumat qarorini tanqid qilmasdan qo‘llab-quvvatlaymiz degani emas; avvalgi hukumatlar ham o‘z e’tirozlarini bildirgan,” dedi.

Eurofighter Typhoon

Merz Turkiyaning Eurofighter Typhoon samolyotlarini sotib olish qaroridan mamnunligini bildirdi.

“Biz bir narsada kelishib oldik: bu samolyotlar bizning umumiy xavfsizligimizga xizmat qiladi,” dedi u.

“Biz yangilangan strategik muloqotni boshlaymiz va xavfsizlik siyosati sohasida, masalan, ilgari tilga olingan Eurofighter samolyotlarini sotib olish bo‘yicha yaqinroq hamkorlik qilamiz,” dedi u.

Turkiya va Germaniya o‘rtasidagi Mehnat Shartnomasi bugun 64 yilligini nishonlayotganini eslatib, Mers Germaniyaga ishlash uchun kelganlarga minnatdorchilik bildirdi va “Bu insonlarsiz Germaniya 60 yil avval iqtisodiy rivojlanishga erisha olmas edi,” dedi.

Yevropada ksenofobiya kuchayib borayotgani haqidagi savolga javoban, Merz Germaniya va Yevropa “uning sababidan qat’i nazar” unga qarshi kurashishini ta’kidladi va Germaniya dini yoki millatidan qat’i nazar barcha odamlarni himoya qilish uchun mas’ul ekanligini qo‘shimcha qildi.