Isroil qo‘shini Janubiy Livanda Hizbullohga tegishli infratuzilma nishonlariga qarata hujumlar uyushtirganini ma’lum qildi.
Isroil armiyasi Shanba kuni Telegram orqali bergan bayonotida: “Hizbullohning o‘t ochishni to‘xtatish bitimlarini qayta-qayta buzishiga javoban, Isroil Mudofaa Kuchlari (IDF) Janubiy Livandagi Hizbulloh terror infratuzilmasini nishonga olmoqda”, degan so‘zlarni qo‘lladi.
Isroil va Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi Hizbulloh 2024-yil noyabr oyida bir yil davom etgan urushdan keyin sulh tuzishgan edi. Ammo Isroil, Hizbullohning qayta qurollanishiga yo‘l qomaslik maqsadida sulh shartlarini tatbiq etayotganini vaj qilib, muntazam hujumlarni davom ettirib kelmoqda.
Hizbulloh va Livan hukumati esa ushbu hujumlarni o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzish deb baholab, bunga e’tiroz bildirdi.
Ushbu hujumlar Eron va Isroilning ittifoqchisi bo‘lgan AQSHning shu haftada Jenevada muzokaralar o‘tkazishidan so‘ng yuz berdi. AQSH prezidenti Donald Trump Tehronga yadroviy dasturi bo‘yicha yon berishi uchun bosim o‘tkazmoqda.
Trump Yaqin Sharqda so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik harbiy to‘planishga buyruq berdi. Dunyoning eng yirik aviatsiya kemasi bo‘lgan USS Gerald R. Ford Isroil qirg‘oqlariga qarab harakatlanayotgani xabar qilinmoqda.














