SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Isroil - Livan muzokaralari Rimda davom etmoqda
Isroil - Livan o‘rtasida uyushtirilgan muzokaralarning oltinchi bosqichi Rimda davom etmoqda.
Isroil - Livan muzokaralari Rimda davom etmoqda
_

Isroil bilan Livan o‘rtasida to‘g‘ridan - to‘g‘ri uyushtirilgan muzokaralarning oltinchi bosqichi Italiya poytaxti Rim shahrida o‘z ishini boshladi.

Diplomatik aloqalarga ega bo‘lmagan ikki mamlakatni avval besh bor AQSh poytaxti Vashingtonda bir stol atrofida jamlagan AQSh, muzokaralarning oltinchi bosqichiga bu safar Rimda mezbonlik qilmoqda.

Isroil bilan Livan delegatsiyalari shu doirada kecha ertalab AQShning Rimdagi elchixonasida uchrashib, muzokaralar o‘tkazdi.

Birinchi kun yakunlanishi ortidan har ikki mamlakat delegatsiyasi ham mahalliy vaqt bilan soat 17:00 atrofida elchixonani tark etdi. Delegatsiyalar bugun ertalab AQShning Rimdagi elchixonasida yana uchrashishi kutilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Isroil bilan Livan delegatsiyalari 26 - iyun kuni Vashingtonda o‘tkazilgan beshinchi bosqich muzokaralar ortidan imzolangan doiraviy kelishuv tafsilotlarini muhokama qilmoqda. Ushbu kelishuv Hizbullohni qurolsizlantirish hamda Isroil qo‘shinlari bosib olgan Livan hududlaridan bosqichma - bosqich chiqib ketishini nazarda tutadi.