Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an: "Respublikamiz asoschisi, ilk Prezidentimiz G‘oziy Mustafo Kamol Otaturkni abadiyatga rixlat qilganining 88 yilligida hurmat va ehtirom bilan yodga olamiz", dedi.
Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Otaturk madaniyat, til va tarix oliy kengashida tashkil etilgan xotira marosimida nutq so‘zladi.
29-oktabrda Respublika tashkil topganining 103 yilligi tantanali ravishda nishonlanganini eslatib o‘tgan Erdo‘g‘an, Otaturk tasavvur qilganidek, ta’sirchan, e’tiborli, global tinchlik va barqarorlikka faol hissa qo‘shadigan nufuzli Turkiyani xalqimizga nasib etganliklarini aytdi.
Erdo‘g‘an quyidagi fikrlarni bildirdi:
“Turkiyani zamonaviy sivilizatsiyalar darajasidan yuqoriga ko‘taradigan ‘Turkiya asri’ maqsadlarimiz sari qat’iy qadamlar bilan bormoqdayman. Turkiyaning deyarli yarim asrdan beri oyog‘iga kishan bo‘lib kelayotgan terror muammosini batamom hal qilish yo‘lida muhim masofaga erishdik. Nafaqat o‘z chegaralarimiz ichida, balki chegaralarimiz ortida ham tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlamoqdamiz. Atrofimizni o‘rab olgan beqarorlik va ziddiyatlar halqasiga qaramay, davlatimiz va xalqimiz bilan to‘liq birdamlikda umumiy kelajagimiz sari olg‘a bormoqdamiz”.























