Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali bayonot berdi va unda:
«AQSh bilan Eron o‘rtasidagi urushni yakunlash maqsadida erishilgan kelishuvni mamnuniyat bilan qarshi olamiz.
Mazkur kelishuv mintaqada barqaror tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamdir. Qo‘shimcha muzokaralar ham konstruktiv ruhda davom etishiga ishonchimiz komil.
Ushbu muhim qadamni tashlagan tomonlarni, shuningdek o‘rtamchilik vazifasini bajargan Pokistonni hamda jarayonga hissa qo‘shgan avvalo Qatar, keyin esa boshqa davlatlarni tabriklaymiz.
Erishilgan kelishuvni izdan chiqarishga qaratilgan urinishlarning oldini olish, mintaqaviy tinchlik va xavfsizlikni saqlab qolish nuqtai nazaridan barcha manfaatdor davlatlarning vazmin va mas’uliyatli yondashuv namoyon etishi nihoyatda muhimdir.
Turkiya sifatida Prezidentimiz rahnamoligida ushbu jarayonni boshidan buyon faol qo‘llab - quvvatlab kelmoqdamiz va unga katta hissa qo‘shdik. Mintaqamizda tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y - harakatlarimiz bundan keyin ham izchil davom etadi» - degan ifodalarga o‘rin berdi.




















