Turkiya Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda, Isroil vazirlaridan birining o‘zi bilan birga bo‘lgan ekstremistik guruh hamrohligida, Isroil xavfsizlik kuchlari himoyasi ostida al - Aqso jome’ masjidiga qarshi uyushtirgan bosqinni keskin qoralandi.
Bayonotda:
«Isroillik bir vazirning o‘zi bilan birga bo‘lgan ekstremistik guruh hamrohligida, Isroil xavfsizlik kuchlari himoyasi ostida al - Aqso jome’ masjidiga qarshi uyushtirgan bosqinni eng keskin tarzda qoralaymiz. (Isroil Bosh vaziri Binyamin) Netanyaxu hukumati tomonidan, faqat musulmonlarga tegishli bo‘lgan al - Aqso jome’ masjidi kabi Quddusdagi muqaddas maskanlarning tarixiy va huquqiy maqomini buzishni ko‘zlagan provokatsion harakatlar hamda amalda yangi holat yaratishga qaratilgan urinishlarning oldini olish xalqaro hamjamiyatning umumiy mas'uliyatidir» - degan ifodalarga o‘rin berdildi.























