TURK DUNYOSI
2 daqiqa o'qish
Yevropa ittifoqi bilan Qozog‘iston strategik hamkorlikni kengaytirmoqda
Yevropa ittifoqi bilan Qozog‘iston transport aloqalarini mustahkamlash, kritik xom ashyo sohasi bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish va investitsiya loyihalarini tezlashtirish maqsadini ko‘zlagan turli shartnomalar imzoladi.
Yevropa ittifoqi bilan Qozog‘iston strategik hamkorlikni kengaytirmoqda
_

Yevropa ittifoqi Komissiyasi rahbari Ursula fon der Leyen, Yevropa kengashi raisi Antonio Kosta va Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Jo‘mart To‘qayevning Bryusselda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi ortidan tomonlar o‘rtasida strategik hamkorlikni mustahkamlashga doir qabul qilingan qarorlar bo‘yicha qo‘shma bayonot e’lon qilindi.

Unda Yevropa ittifoqi bilan Qozog‘iston o‘rtasida imzolangan gorizontal havo qatnovi kelishuvi havo aloqalarini mustahkamlashi va yevropalik aviakompaniyalar uchun yangi tijorat imkoniyatlarini yaratishi ta’kidlandi. Kelishuv doirasida Qozog‘iston bilan havo transporti bo‘yicha kelishuvga ega 17 ta Yevropa ittifoqi tarkibidagi mamlakat o‘rtasida barcha Yevropa ittifoqi aviakompaniyalariga parvozlar amalga oshirish imkoni yaratilishi qayd etildi.

Bayonot shuningdek Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD) ham - da Qozog‘iston hukumati Astana shahrida muhim xomashyo uchun xalqaro akkreditatsiyaga ega kimyoviy tahlil laboratoriyasini tashkil etishga oid fizibilite ishlarini qo‘llab - quvvatlash maqsadida anglashuv memorandumi imzolagani haqida ma'lumot berdi.

Bayonotda Yevropa ittifoqi muhim xomashyo sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishni maqsad qilayotgani ta’kidlandi va mazkur laboratoriya sifat ham - da xavfsizlik testlarining xalqaro standartlarga muvofiq o‘tkazilishiga hissa qo‘shishi qayd etildi.

Bundan tashqari Yevropa ittifoqi komissiyasi bilan Qozog‘iston o‘rtasida olib borilgan viza olishni osonlashtirish va qayta qabul qilish kelishuvi bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangani, bu kelishuvlar kuchga kirgach Qozog‘iston fuqarolarining Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlarga qisqa muddatli vizaga murojaat qilish jarayoni osonlashishi va qayta qabul qilish kelishuvi Yevropa ittifoqining migratsiya qoidalarini amalga oshirishni qo‘llab - quvvatlashini bildirildi.