Mesud Pezeshkiyan, Tehron bilan AQSh muzokaralarni qayta boshlashiga qaramay Eron yadro dasturi bo‘yicha kelgan yirik talablarga bo‘ysunmasligini qayd etdi.
Chorshanba kuni nutq so‘zlagan Prezident Mesud Pezeshkiyan, Eron yadro dasturi uchun har qanday tekshiruvga tayyor ekanini bildirib, atom bombasi izlamayotganliklarini ta’kidladi.
Eron bilan AQSh o‘tgan yil iyun oyida Isroil bilan yuz bergan va AQShning Erondagi yadro ta’sislariga zarba bergan urush ortidan ilk bor o‘tgan hafta muzokaralarni qayta boshladi.
Pezeshkiyan: “Eronimiz hujum oldida bo‘ysunmaydi biroq mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash uchun qo‘shni davlatlar bilan bor kuchimiz bilan muloqotni davom ettirmoqdamiz”, - dedi.
Eron Prezidenti Tehrondagi Ozodiy maydonida 1979 - yilgi Islom inqilobining 47 - yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda so‘zga chiqib: “Mamlakatimiz Eron, ularning talablariga bo‘ysunmaydi”, - dedi.
Eron muzokaralar faqat yadro dasturi bilan cheklanishini istamoqda, AQSh esa Eronning ballistik raketa dasturi hamda mintaqadagi ayrim guruhlarga ko‘rsatgan yordami ham kun tartibiga olib chiqilishini talab qilmoqda.
Eron yadro dasturining tinch maqsadli ekaniga e’tibor qaratmoqda ammo AQSh bilan uning ittifoqchisi Isroil, Tehron yadro quroliga ega bo‘lishga urinayotganini iddao qilmoqda.
Har yili Eron hukumati tarafdorlari, 1979 - yili AQSh tomonidan qo‘llab - quvvatlangan shoh ag‘darilgan inqilob yilligini ommaviy tadbirlar bilan nishonlaydi.
Chorshanba kuni (11.02.2026) Ozodiy maydonida xavfsizlik choralarining avvalgi yillarga nisbatan kuchaytirilgani kuzatildi.
O‘tgan oy Eronda mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishlari qayd etildi va voqea qattiq choralar bilan bostirildi. AQSh namoyishchilarni qo‘llab - quvvatlash maqsadida harbiy choralar bilan tahdid qilgan edi.










