DUNYO
1 daqiqa o'qish
Rossiya havo mudofaasi insonsiz havo transportlari hujumini qaytardi
Ukraina so‘nggi davrda Rossiyada joylashgan Vayldberriz kompaniyasiga tegishli omborlar va logistika obyektlariga qarshi dron hujumlarini amalga oshirmoqda.
Rossiya havo mudofaasi insonsiz havo transportlari hujumini qaytardi
_

Tver gubernatori Vitaliy Korolyov yozma bayonotida, Rossiya havo mudofaa tizimlari hududga qarshi uyushtirilgan insonsiz havo transportlari yoki dron hujumining oldini olganini ma’lum qildi.

Korolyov urib tushirilgan dronlardan birining bo‘lakchalari Vayldberriz logistika markazi jabhasida kichik hajmda ziyon yetkazganini bildirib, hodisa oqibatida hech kim halok bo‘lmagani va jarohatlanmaganini qayd etdi.

Korolyov 4 - avgust kuni hududda urib tushirilgan dronga tegishli bo‘lakchalardan biri Kalininskiy tumanidagi Vayldberriz logistika markazi devoriga kelib urilgani va bino qisman ziyon ko‘rganini ma’lum qilgan edi.

Ukraina so‘nggi davrda Rossiyada joylashgan Vayldberriz kompaniyasiga tegishli omborlar va logistika obyektlariga qarshi dron hujumlarini amalga oshirmoqda.