AQSh Prezidenti Donald Tramp Las - Vegasda ishtirok etgan tadbirda ko‘p tanqid qilinayotgan immigratsiya siyosatini himoya qildi.
Lavozimga kelganidan ko‘p o‘tmay noqonuniy migrantlarning kirib kelishini to‘xtatganini bildirgan Tramp: «30 kun ichida millionlab va millionlab odamlarning mamlakatimizga bostirib kirishini to‘xtatdim. Tasavvur qiling, mamlakatimiz bosib olinayotgan edi. Janubiy chegaramiz orqali 25 million kishi mamlakatimizga kelayotgan edi», - dedi.
Tramp so‘nggi 15 oy ichida mamlakatga birorta ham noqonuniy migrant kirmaganini iddao etdi.
«Migrantlar jinoyati balosini» yo‘q qilish uchun harakat qilayotganliklarini ifoda etgan Tramp: «O‘tgan hafta Ispaniyada sodir bo‘lgan voqealarni ko‘rdingiz, 60 mingdan ortiq migrant chegaraga oqib keldi, ular bir shaharchani egallab oldi, begunoh fuqarolarga hujum qildi va ko‘chalarda talonchilikka qo‘l urdi. Kommunistlarning Amerika uchun istayotgani ham shu», - deya ta’kidladi.
Tramp AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE) bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilayotgan hibsga olishlar va deportatsiyalarni himoya qilib: «Biz har doim huquq -tartibot idoralarimiz yonida bo‘lamiz» - dedi.


















