TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an: Ukraina tinchlik muzokaralari Eron urushi tufayli to‘xtab qolmasligi kerak
Prezident Erdo‘g‘an, Eronni ham o‘z ichiga olgan va tobora keskinlashib borayotgan to‘qnashuv Ukrainadagi urushni to‘xtatish sa’y - harakatlariga monelik qilmasligi kerakligini ta’kidladi.
Erdo‘g‘an: Ukraina tinchlik muzokaralari Eron urushi tufayli to‘xtab qolmasligi kerak
_

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an seshanba kuni (10.11.2026) Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi. Unda, Eronni ham o‘z ichiga olgan va tobora keskinlashib borayotgan to‘qnashuv Ukrainadagi urushni to‘xtatish sa’y - harakatlariga monelik qilmasligi kerakligini ta’kidladi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra ikkala lider, mazkur muloqot chog‘ida, Turkiya - Ukraina aloqalari hamda mintaqadagi va dunyodagi oxirgi vaziyatni muhokama qildilar.

Erdo‘g‘an, Yaqin Sharqda avj olgan inqiroz Ukrainadagi tinchlik izlanishlariga monelik qilmasligi kerakligini ifoda etgan holda; urushni to‘xtatishga qaratilgan muzokaralar kechiktirilmay, davom ettirilishi lozimligini ta’kidladi.

O‘q uzishni to‘xtatish va Qora dengiz xavfsizligiga e’tibor

Turk lider shuningdek, urush to‘xtaganida Ukrainani qayta qurish va mamlakatning ehtiyojlarini qondirish muhimligiga e’tibor qaratdi.

U mamlakat ko‘rgan ziyonni qoplash, qayta tiklanish ishlarini boshlash va uzoq muddatli xavfsizlikni ta'minlash mintaqaviy barqarorlik uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini bildirdi.

Erdo‘g‘an so‘zlari davomida, Qora dengizdagi dengiz xavfsizligining strategik ahamiyatini ham ta’kidlagan holda energiya infratuzilmasi hamda port obyektlarini himoya qilish jang qilayotgan tomonlar o‘rtasida ishonchni mustahkamlashga yordam berishi mumkinligini qayd etdi.

Ushbu muhim obyektlarni himoya qiluvchi otashkesim, ishonchni mustahkamlash bo‘yicha asosiy chora bo‘lib, kengroq mintaqaviy barqarorlikka hissa qo‘shishi mumkinligini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Turkiya, diplomatik sa’y - harakatlarni qulaylashtirish va bu natijalarga erishishda zarur bo‘lgan barcha yordamni ko‘rsatishga tayyorligini yetkazishni ham unutmadi.

 

Boxabar bo'ling!
Prezident Erdo‘g‘an Chanoqqal'a shahidlarini yodga oldi
Turkiya Isroilning urush harakatlariga qaramay ehtiyotkor optimizmni saqlamoqda
Tashqi ishlar vaziri Fidan YeI Komissiyasi rahbarining bayonotini "afsuslanarli" deb atadi
Prezidentlik 7-xalqaro yaxta poygalarida milliy suverenitet kubogi boshlandi
Turkiya Isroilni Al-Aqso masjidida qonunbuzarliklarga yo'l qo'yganlikda aybladi
Erdo'g'an: Bolalar urush va zulmning badalini to‘lamasligi kerak
Turkiya va Birlashgan Qirollik strategik sheriklikni chuqurlashtirish uchun shartnoma imzoladi
Turkiya yangi ijtimoiy tarmoq qoidalarini joriy qildi
Erdo‘g‘an: Mintaqada davom etayotgan urushlar Yevropani zaiflashtira boshladi
Erdo‘g‘an Anqara sammiti oldidan NATO tarkibini kuchli ittifoqqa chaqirdi
Tashqi ishlar vaziri Fidan payshanba kuni Buyuk Britaniyaga ikki kunlik rasmiy tashrif bilan boradi
NATO Bosh kotibi Turkiya mudofaa sanoatini olqishladi
Turkiya bilan Yangi Zelandiya o‘zaro aloqalarni mustahkamlamoqchi
Turkiya Iroqda turkman hokim tayin qilinishini xursandchilik bilan qarshi oldi
Fidan: ADF global liderlarni mehmon qilar ekan Turkiya diplomatik rolini kengaytirmoqda
Emine Erdo‘g‘an «Falastin uchun bir yurak» panelida ishtirok etdi
Erdo‘g‘an Sloveniya, Komor orollari va DKR rahbarlarini qabul qildi
Hakan Fidan: "Diplomatiya mintaqadagi olovni yoyilmasdan oʻchirish irodasidir"
Erdo’gʻan: Eronga nisbatan noqonuniy hujumlar mintaqada xavfsizlik xatarlarini oshirdi
Hakan Fidan AQSH-Eron kelishuvi masalasida hamkasblari bilan muzokara oʻtkazdi