Yaponiya hukumati mamlakat bo‘ylab sun’iy intellekt (AI)dan yana - da kengroq foydalanishni ko‘zlagan loyiha rejasini e’lon qildi.
Bundan maqsad - eng avvalo aholining 50 foizi orasida sun’iy intellektdan foydalanishni yo‘lga qo‘yish, vaqt o‘tishi bilan bu ko‘rsatkichni 80 foizga yetkazishdir.
Juma kuni (05.12.2025) qo‘lga kiritilgan loyiha nusxasiga ko‘ra Jiji Press agentligi, sun’iy intellektdan foydalanishni kengaytirish Yaponiyaning o‘z sun’iy intellekt texnologiyalari tashabbuslarini rivojlantirishda muhim omil ekanini ta’kidladi.
Reja, shuningdek, tadqiqot va ishlanmalarni qo‘llab - quvvatlash uchun xususiy tarmoqdan qariyb 1 trillion yen (taxminan 6,4 milliard dollar) investitsiya jalb qilishni ko‘zda tutadi.
Hukumat mazkur dastur, yil oxirigacha bo‘lib o‘tadigan Vazirlar kengashi yig‘ilishida tasdiqlanishi rejalashtirilayotganini bildirdi.
Hozirda Yaponiyada sun’iy intellektdan foydalanish darajasi atigi 26,7 foizdir. AQShda generativ sun’iy intellektdan foydalanish 68,8 foiz, Xitoyda esa 81,2 foiz ekanini e’tiborga olgudek bo‘lsak unda Yaponiyada qayd etilgan yuqoridagi ko‘rsatkichning qay darajada kam ekaniga guvoh bo‘lamiz.
Loyihada sun’iy intellekt jamiyatning barcha jabhalariga integratsiya qilinishi lozimligi ta’kidlanadi; u mamlakatning kelajakdagi rivoji uchun «intellektual asos hamda amaliyot maydoni» sifatida xizmat qiluvchi muhim ijtimoiy infratuzilma ekanini ta’kidlamoqda.









