DUNYO
1 daqiqa o'qish
AQSh Eron iddaolarini rad etdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh), Eronning amerikalik askarlar qo‘lga olingani haqidagi iddaolarini rad etdi.
AQSh Eron iddaolarini rad etdi
_

Eron xavfsizlik sohasining oliy darajali rasmiylaridan Ali Larijoniy, amerikalik askarlar qo‘lga olinganini iddao qilgan holda Vashingtonni bu voqeani yashirishga urinayotganlikda aybladi.

Larijoniy kecha (07.03.2026) «X» platformasi orqali mavzu haqida:
«Menga bir nechta amerikalik askar asir olingani haqida xabar berildi. Ammo amerikaliklar ular urushda halok bo‘lganini iddao etmoqdalar», - dedi.

U shuningdek: «Behuda urinishlariga qaramay, ular haqiqatni uzoq vaqt yashira olmaydi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari armiyasi esa bu iddaoni jadal tusda rad etib, birorta ham amerikalik askar asir olinmaganini ma’lum qildi.

AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) vakili Al Jazeeraga bergan bayonotida, Eronning bu iddaolari haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini qayd etdi.

Vakil mavzu haqida: «Eron rejimining amerikalik askarlar asir olingani haqidagi iddaolari, rejimning yolg‘on va aldovlarining boshqa misolidir», - dedi.

Eslatib o‘tamiz:

Joriy yilning 28 - fevrali kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan Isroil tomonidan Eronga qarshi qo‘shma havo hujumlari boshlatilishi ortidan mintaqadagi taranglik avj oldi. Bu hujumlar oqibatida ming nafardan ortiq inson halok bo‘ldi. Ular orasida Eronning diniy lideri Ali Hamaney, 150 nafardan ortiq o‘quvchi qiz hamda oliy darajali harbiylar ham bor edi.

Urush mintaqada keng ko‘lamli beqarorlikka olib kelar ekan, Tehron ham mintaqa bo‘ylab AQSh bilan bog‘liq nishonlarga qarshi javob tariqasida zarbalar bermoqda.

 

Boxabar bo'ling!
To‘rt davlat Isroilni G‘azoga qishki boshpana yetkazishdagi kechikishlarni to‘xtatishga chaqirdi
Zelenskiy SpaceXni dronlar tezligini cheklashda aybladi
Eron AQSh bilan «na urush, na tinchlik» holatida qolishni rad etmoqda
AQShda o‘n mingdan ortiq reysda uzilishlar kuzatildi
BMT Bosh kotibi iqlim falokatidan ogohlantirdi: emissiyalar yetarlicha kamaytirilmayapti
CENTCOM AQSh Eronga hujumlarni davom ettirishi haqidagi xabarlarni rad etdi
Trump Kubaga qarshi harbiy kuch ishlatish imkoniyatini ko‘rib chiqishini bildirdi
Isroil yordam kirishini cheklayotgan G‘azoda 9 oylik chaqaloq sovuqdan halok bo‘ldi
Isroil Ben-Gvir va Smotrich haqidagi bayonotlari sababli Niderlandiyadagi elchisini chaqirib oldi
Hormuz bo‘g‘ozida ikkita neft tankerida portlash yuz berdi
Isroil mudofaa vaziri armiyaga hujum qilish buyrug‘ini berish uchun muxolifat roziligini olmaydi
COP31: Eron Prezidenti AQSH va Isroilni ekologik vayronagarchilikda aybladi
Janubiy Koreyada avtobus 32 ta transport vositasiga urilib, 48 kishi jarohatlandi
Nvidia rahbarini kuzatgani da’vo qilingan ayol Tayvanga Hongkong pasporti bilan kirgani bildirildi
COP31 boshlanmoqda: yetakchilar iqlimni himoya qilish choralarini kuchaytirishga chaqirmoqda
Eron Fransiyaning kiberhujumlar haqidagi ayblovlariga munosabat bildirdi
Bolgariyada yirik avtohalokat sodir bo'ldi
Yevropa Ittifoqi Qora dengiz xavfsizligi uchun 50 million yevro ajratadi
AQSh hujumlari ortidan Keshm orolida vaziyat nazorat ostida
Nvidia rahbari razvedkaga aloqadorlik haqidagi da’volar yuzasidan tekshirilmoqda