DUNYO
1 daqiqa o'qish
Saudiya Arabistoni Bosh muftiysi Abdulloh al - Shayx vafot etdi
Saudiya Arabistoni va islom olamida, islom dini va musulmonlarga katta xizmat qilgan taniqli olimi vafot etdi.
Saudiya Arabistoni Bosh muftiysi Abdulloh al - Shayx vafot etdi
Saudiya Arabistoni va islom olamida, islom dini va musulmonlarga katta xizmat qilgan taniqli olimi vafot etdi.
бир кун олдин

Saudiya Arabistoni Bosh muftiysi va chorak asrdan ortiq vaqt davomida mamlakatning eng yuqori martabali diniy rahnamosi bolgan Shayx Abdulaziz bin Abdulloh al - Shayx seshanba kuni 80 yoshida vafot etdi.

Makka va Madina kabi Islom olamining muqaddas shaharlarini o‘z ichiga olgan Saudiya Arabistoni, har bir musulmon umri davomida bir marotaba bo‘lsa ham bajarishi kerak bo‘lgan Haj ziyorati maskaniga ham mezbonlik qilmoqda. Shu bois ham Bosh muftiyning bayonotlari diqqat bilan kuzatilmoqda.

Saudiya Arabistonida songgi yillarda ayollarga mashina haydashga ruxsat berish, kinoteatrlar ochish kabi ijtimoiy hayot jihatidan ancha liberal qadamlar tashlagan Saudiya sulolasi bilan yaqin aloqada bo‘lgan Shayx Abdulaziz DEASh va al - Qoida kabi ekstremistlarni qoralagandi.

Qirollikning kundalik boshqaruvini 89 yoshidagi Qirol Salmon nomidan olib borgan valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon seshanba oqshomida ar - Riyodda o‘qilgan janoza namozida ishtirok etadi.

Saudiya Qirollik kengashi mavzu haqidagi bayonotida, “Uning vafoti bilan qirollik va islom olami olaroq islom dini va musulmonlarga katta hissa qoshgan muhim olimini yoqotdi”, - dedi.

Yoshligida ko‘rish qobiliyatidan mahrum bo‘lgan Shayx Abdulaziz, 1999 - yili, Saudiya Qiroli Fahd davrida muftiy etib tayinlangan edi.