SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Tramp va al-Shara Suriyani qayta tiklash masalasini muhokama qildi
Suriya rahbarining aytishicha, Qoʻshma Shtatlar tomonidan Suriyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarning bekor qilinishi mamlakat iqtisodiyoti barqarorlashuvida fundamental poydevor vazifasini oʻtaydi.
Tramp va al-Shara Suriyani qayta tiklash masalasini muhokama qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp va uning suriyalik hamkasbi Ahmad al-Shara mintaqaviy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlarni muhokama qildilar. [TRT World & AP] / Reuters

Suriya Prezidenti devonining maʼlum qilishicha, AQSh Prezidenti Donald Tramp va Suriya rahbari Ahmad ash-Sharaa oʻrtasida telefon muloqoti boʻlib oʻtdi. Suhbat davomida mamlakatni inqirozdan keyin qayta tiklash, infratuzilmani qurish hamda mintaqaviy barqarorlikni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Bayonotda keltirilishicha, Ahmad ash-Sharaa Donald Trampga Suriyaga nisbatan amalda boʻlgan qolgan sanksiyalarning ham olib tashlanishi mamlakat iqtisodiyotini oʻnglash va qayta qurish ishlarida eng asosiy qadam boʻlishini taʼkidlagan.

Oʻz navbatida, Tramp mintaqada barqarorlikni saqlash hamda Suriyaning infratuzilmaviy tiklanish jarayonlarini qoʻllab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

Shuningdek, AQSh Prezidenti mintaqaviy xavfsizlik va tinchlikni mustahkamlash, hududdagi keskinliklarning oldini olish uchun diplomatiya hamda muloqotga ustuvor ahamiyat qaratish zarurligini bildirdi. Yakunda har ikki yetakchi ushbu yoʻnalishdagi saʼy-harakatlarni davom ettirish va mintaqadagi vaziyatni muntazam koʻrib chiqishga kelishib oldilar.