Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Isroilning G‘azodagi genotsidini to‘xtatuvchi har qanday rejani qo‘llab - quvvatlashini bildirdi.
Prezident Erdo‘g‘an Turkiyaning shimoliy sohilidagi Rize shahrida so‘zlagan nutqida: «G‘azoda ikki yildan beri davom etgan qatliom va genotsidni butunlay to‘xtatuvchi har qanday rejani to‘liq qo‘llab - quvvatlaymiz. Turkiya, G‘azoni otashkesim kelishuviga olib borgan jarayonda prinsipial va adolatli pozitsiyani namoyish etdi», - dedi.
Erdo‘g‘an Turkiyaning Isroil va Hamas o‘rtasida erishilgan yangi otashkesim yoki sulh kelishuvi G‘azo va boshqa Falastin tuproqlarida butulay tinchlik o‘rnatib, osoyishtalik va xavfsizlikka olib kelishidan umidvor ekanini bildirdi.
Erdo‘g’an: «Falastinlik birodarlarimiz, ayniqsa Hamas, tinchlikka tayyor ekanliklarini yaqqol namoyon etdi», - dedi.
Prezident so‘zlari yakunida: «Isroil hukumati endi bu kelishuv shartlariga amal qilishi kerak», - deb, Isroilni o‘zi imzolagan G‘azo sulh bitimiga rioya qilishga, mintaqa va xalq xavfsizligiga tahdid soluvchi tajovuzkor siyosatlarini to‘xtatishga chaqirdi.











