Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Janubiy Koreya Prezidenti Li Chje Myonning taklifiga binoan tashrif buyurgan poytaxt Seulda rasmiy marosim bilan kutib olindi.
Prezident Erdo‘g‘an va uning rafiqasi Emine Erdo‘g‘an Prezident saroyida Janubiy Koreya Prezidenti Li va uning rafiqasi tomonidan samimiy qarshilandi.
Erdo‘g‘an va Lilarning marosim maydonidan joy olishlaridan so‘ng, harbiy orkestr tomonidan Janubiy Koreya va Turkiya davlat madhiyalari ijro etildi.
Marosimda Prezident Erdo‘g‘an va Janubiy Koreya Prezidenti Li bir-birlariga o‘z delegatsiyasi aʼzolarini tanishtirishdi.
Ikki mamlakat yetakchilari kutib olish marosimidan so‘ng tor doiradagi uchrashuvga o‘tdilar.





















