DUNYO
1 daqiqa o'qish
AQSh qo‘lga olingan Eron kemasi va uning ekipajini Pokistonga topshirdi
AQSh ommaviy axborot vositalarining CENTCOMga tayanib xabar berishicha, 22 ekipaj a'zosi Eronga qaytarish uchun Pokistonga ko'chirilgan.
AQSh qo‘lga olingan Eron kemasi va uning ekipajini Pokistonga topshirdi
2026-yil 20-aprelda Arab dengizida qoʻlga olingan Eron bayrogʻi ostidagi M/V Touska yuk kemasi yaqinida AQSh kuchlari patrul qilmoqda. (ARXIV) / Reuters

AQSh qo‘lga olingan Eron kemasi va uning a’zolarini vataniga qaytarish maqsadida Pokiston tomoniga topshirdi.

Yakshanba kuni AQSh ommaviy axborot vositalari AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM)ga tayanib xabar berishicha, Eron portlari blokadasini buzishga urinishda ayblanib to‘xtatilgan kema va uning ekipaji Eronga repatriatsiya qilinishi uchun Pokiston tomoniga topshirilgan.

ABC News telekanaliga intervyu bergan CENTCOM vakili, kapitan Tim Hokins (Tim Hawkins) shunday dedi: "Bugun AQSh qo‘shinlari «M/V Touska» kemasining 22 nafar ekipaj a’zosini vataniga qaytarish maqsadida Pokistonga topshirish jarayonini yakunladi."

Hokins, shuningdek, o‘tgan hafta yana olti nafar yo‘lovchi vataniga qaytarilishi uchun mintaqadagi boshqa bir davlatga topshirilganini qo‘shimcha qildi. Eron davlat OAVlari ushbu olti nafar shaxs ekipaj a’zolarining oila a’zolari ekanligini ma’lum qilgan.

CENTCOM ushbu ma’lumotni tasdiqlash bo‘yicha so‘rovga hozircha javob bermadi. Pokiston va Eron rasmiylari ham ushbu xabarni rasman tasdiqlagani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, AQSh Harbiy-dengiz kuchlari 19-aprel kuni Oman qo‘ltig‘ida «Touska» kemasini to‘xtatgan edi. Bunga kemaning blokada talablariga rioya qilishdan bosh tortgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.