TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an Yaqin Sharq tinchligi uchun Isroilning gij - gijlashlari to‘xtashi kerakligini qayd etdi
Prezident Erdo‘g‘an Qozog‘iston safaridan qaytar chog‘ida Yaqin Sharq tinchligi uchun Isroilning gij - gijlashlari to‘xtashi kerakligini qayd etdi.
Erdo‘g‘an Yaqin Sharq tinchligi uchun Isroilning gij - gijlashlari to‘xtashi kerakligini qayd etdi
_

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an NATO orqali ittifoq bo‘lgan davlatlar va Yevropa ittifoqi bilan yanada kuchliroq mintaqaviy hamkorlik, chuqurlashtirilgan mudofaa salohiyati va yangilangan diplomatik aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishlarini bildirar ekan; ayni vaqtda Yaqin Sharqda barqarorlikka chaqirdi.

Erdo‘g‘an juma kuni (15.05.2026) Qozog‘iston safaridan qaytayotganda samolyotda jurnalistlarga bayonot berdi. Unda, AQSh bilan Isroilning Eronga qarshi uyushtirgan hujumlarini nazarda tutgan holda: «Avvalo Isroilning provokatsiyalarini bartaraf etish, undan keyin esa haqiqiy tinchlikni barpo etish zarur», - dedi.

Prezident shuningdek: «Agar mintaqada barqaror tinchlik istalsa, hamma qisqa muddatli hisob - kitoblarini chetga surishi kerak. Davlatlar xalqaro kompaniyalar yoki mintaqadan tashqaridagi kuchlarning emas, o‘z mamlakati va fuqarolarining manfaatlarini himoya qilishi lozim», - deya gapirdi.

Erdo‘g‘an o‘z so‘zida, Yaqin Sharqda uzoq muddatli tinchlikka erishish uchun keskinlikni kuchaytiruvchi harakatlar va qisqa muddatli siyosiy manfaatlar to‘xtatilishi kerakligini ham qayd etdi.  

Sammitning Turkiya uchun yana bir muhim jihati Shimoliy Kipr Turk Respublikasining unda qatnashgani ekaniga e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an: Shimoliy Kipr Turk Respublikasining Turk Davlatlari Tashkiloti faoliyatida ishtirok etishiga alohida ahamiyat beryapmiz. Turk dunyosi ham o‘z vazifasini bajarib, Kipr turk xalqini bag‘riga bosmoqda» - dedi.

Prezident Erdo‘g‘an, shuningdek, kelgusi kuzda bo‘lib o‘tadigan 13 – sammitda Turk Davlatlari Tashkilotiga raislik qilish vazifasi Turkiyaga topshirilishini bildirar ekan; shu fursatdan foydalanib Turk Davlatlari Tashkilotini yanada yuqori bosqichga olib chiqish niyatida ekanliklarini aytib o‘tdi.

«Davlat mudofaasida yangi davr boshlanadi»

Prezident yaqinlashib kelayotgan NATO sammitiga ham to‘xtalgan holda mavzu haqida: «Mintaqamizda ham, dunyoda ham yuz berayotgan so‘nggi voqealar Anqara sammitining ahamiyatini yanada oshirdi. Anqarada ittifoqning kelajagi va global xavfsizlik arxitekturasining keyingi shakliga oid muhim qarorlar qabul qilinishini kutyapmiz» - dedi.

Erdo‘g‘an Turkiyani Yevropa ittifoqi uchun «katta imkoniyat» deb atab, ittifoq bu imkoniyatdan to‘liq foydalanish yoki foydalanmaslik bo‘yicha tarixiy qaror qarshisida ekanini bildirdi.

Vashington bilan mudofaa sohasidagi hamkorlik haqida ham gapirar ekan, Erdo‘g‘an F - 35 qiruvchi samolyotlari dasturi bo‘yicha muzokaralar davom etayotganini bildirdi. U, mavzu haqida shuningdek: «F - 35 bo‘yicha talablarimiz aniq. Hamkasblarimiz amerikalik muhokamachilar bilan aloqalarni davom ettirmoqda. Ijobiy natijaga erishishdan umidvormiz» - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Prezident Turkiyaning mahalliy ishlab chiqilgan beshinchi avlod jangovar samolyoti — KAAN loyihasiga ham alohida e’tibor qaratib, uni mamlakat mudofaa sanoatidagi kengroq o‘zgarishlarning boshlanishi sifatida baholadi.

Erdo‘g‘an mavzu haqida: «KAAN loyihamiz kundan - kunga rivojlanib bormoqda. Jarayon yakunlangach, bu sohada endi yangi tarix boshlanadi. KAAN biz uchun birinchi qadamdir. Bundan ham yaxshiroq va kuchliroq tizimlarni yaratamiz va yaratishda davom etamiz» - dedi.